Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə56/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#37597
növüСборник
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi deganda qurilish - montaj ishlarini bajarish usullari ( yer - qoya, beton, temirbeton, yer osti, montaj va b.) majmuasi tushuniladi va bu ishlarni bajarish natijasida qurilish ob‘ektlari binolar va inshootlar, turli sanoat korxonalari, gidrotexnik va transport inshootlari barpo etiladi. Qurilish ishlab chiqarishning eng yuqori bosqichi ishlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish hisoblanadi.

Qurilish maxsuloti deganda foydalanish uchun tayyor bo’lgan korxonalar, binolar va inshootlar tushuniladi.

Qurilish - montaj ishlarini amalga oshirish natijasida qurilish mahsuloti yaratiladi.

Qurilishning o’ziga xos tomoni shundaki, uning mahsuloti - binolar, inshootlar va h. ishlab chiqarishni amalga oshirish jarayonida bir joydan qo’zg’almaydi va asosan qaerda barpo etilgan bo’lsa, shu joyda ishlatiladi. Ishchi kuchlari va mehnat qurollari esa ish fronti bo’yicha to’xtovsiz harakatda bo’ladi. Qurilishning yana bir o’ziga xos xususiyati shundaki, uning mahsulotining ishlashga yaroqliligi juda uzun muddatni tashkil etadi.

Qurilish maydonchasida ob‘ekt qurilishi boshlanishidan oldin ishlab chiqarish bazasi quriladi, transport va injenerlik kommunikatsiyalari barpo etiladi.

Gidrotexnika qurilishining asosiy ob‘ektlari kuyidagilar: sugorish va zax qochirish tarmoqlari; yaylovlarga suv chiqarish tarmoqlari; suv olish uzellari va suv ta‘minoti tarmoqlari; suv omborlari va sh.o’.

Gidrotexnika qurilishining asosiy xususiyatlari quyidagilar: katta maydonlarda ishlarni olib borish; qurilish ob‘ektlarining tarqoqligi; gidromeliorativ ob‘ektlardagi ishlarning har–xilligi; qurilish ishlarini murakkab tabiiy sharoitlarda olib borilishi; yer ishlari hajmining ko’pligi; aholi yashaydigan joylardan va asosiy yo’l tarmoqlaridan yiroqligi;


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin