Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Suv resurslaridan foydalanishdagi muammolarni bartaraf etish



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə8/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#37597
növüСборник
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

Suv resurslaridan foydalanishdagi muammolarni bartaraf etish. Suv resurslaridan foydalanishdagi muammolarni bartaraf etish uchun ko’pchilik olimlarning fikricha, quyidagi chora-tadbirlarni na­zarda tutish lozim:

1. Shaharlarning oqava suvlaridan dehqonchilik, asosan, yem­xashak yetishtiriladigan dalalarini sug’orishda foyda­lanish mumkin, albatta, gigiena nuqtai­ na­zaridan, bunday dalalarda to’g’ridan­-to’g’ri ist‘emol qi­linadigan ekinlar ekilmaydi. Eng muhimi bu suvlar tuproq tarkibiga ziyon yetkazmaydi. Bunday tajribalar Rossiyada va boshqa chet ellarda o’tkazilgan hamda ijobiy natijalar olingan;

2. Sanoat korxonalarini aylanma suv ta‘minotiga o’t­ka­zish zarur. Bunda korxona suvni o’ziga kerakli darajada tozalaydi va undan qayta foydalanadi. Shu maqsadda korxona talab darajasidagi suvni bir yo’la oladi, mahsulot ishlab chiqarishda butunlay sarf bo’lgan qismi (umumiy suv miqdoriga nisbatan 10­-15 foiz) esa suv manbaidan doimiy ravishda to’ldirib boriladi. Bu tizimning qulay tomoni shuki, birinchidan, oqava suvlarning daryolarga oqizilishiga chek qo’yiladi, ikkinchidan, korxona o’zi ifloslantirgan suvni tozalashga majbur bo’ladi. Bunda korxonaning o’zi ortiqcha ifloslanishni oldini olishga harakat qiladi, na­tijada suvni tejash uchun rag’batlantiruvchi iqtisodiy omil vujudga keladi;

3. Ayrim ximiyaviy korxonalarning ifloslangan suv­la­rini, agar ularni tozalab qayta ishlatish imkoni bo’lmasa, alohida havzalarga yig’ib, tabiiy yoki sun‘iy holda bug’latib yuborish kerak;

4. Shaharlarda suv ta‘minoti tarmoqlarini ikki yo’­nalishda, birinchisini ichimlik, maishiy va oziq­ovqat sa­noati uchun, ikkinchisini esa sanoatning boshqa tarmoqlari uchun tashkil etish zarur. Bu tartib toza suvni tejash im­konini beradi;

5. Shaharlardagi yirik sanoat korxonalarida (asosan ximiya, metallurgiya) iloji boricha suvdan foydalanish me‘yorini kamaytirish uchun kurashish kerak. Bu toza suvning miqdorini va shu bilan birga sifatini saqlash choralaridan biridir;

6. Daryolarda kam suvli davrda ularning suvini bir­ mun­cha ko’paytirishga erishish lozim. Buning uchun mavjud suv omborlaridan tadbirkorlik bilan foydalanish va ag­ro­melioratsiya usullarini qo’llash talab etiladi;

7. Ekin maydonlarini sug’orish natijasida hosil bo’l­gan qaytarma suvlardan unumli foydalanish lozim. Ular­ning tabiiy botiqlarga oqizilishiga va behuda sarflani­shiga iloji boricha yo’l qo’ymaslik kerak.

O’lkamiz sharoitida foydalaniladigan suv resurs­larining asosiy qismi (90 foizdan ortig’i) irrigatsiya maqsadlarida ishlatiladi. Uning qolgan qismidan esa sa­noatda hamda maishiy va kommunal maqsadlarda foy­dala­niladi. Ma‘lumki, yuqoridagi har uch yo’nalish ham yildan­yilga ko’proq suv talab qilmoqda va shu sababli o’lkamizda suv muammosi tobora tig’iz bo’lib qolmoqda. Ana shunday sharoitda suvdan tejab­-tergab foydalanish, uning samarasiz yo’qotilishiga yo’l qo’ymaslik, qaytarma va oqava suvlardan unumli foydalanish, eng muhimi suv manbalarini ifloslanishdan va ortiqcha minerallashuvdan saqlash asosiy vazifa bo’lib qoldi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin