Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


DARYОLARDAGI GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARI



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə27/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#37597
növüСборник
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

6. DARYОLARDAGI GIDROTЕXNIKA INSHOOTLARI
6.1. Gidrouzellar haqida umumiy ma‘lumotlar
Gidrouzellar, suv va sel omborlari daryo o’zanlarida quriladigan yirik gidrotexnika inshootlari hisoblanadi. To’g’onlar, suv yo’nalishini boshqaruvchi dambalar, suv chiqargichlar (suv oluvchilar), suv tashlagichlar bunday ob‘ektlarning asosiy tarkibiy inshootlari hisoblanadi.

Daryo yoki soyning bir joyida quriladigan bir nechta gidrotexnika inshootlari majmuiga gidrouzel deyiladi. Gidrouzel tarkibidagi inshootlar bajaradigan ishlariga ko’ra bir-biri bilan bog’liq bo’ladi.

Gidrouzellar suv xo’jaligida ma‘lum ahamiyatga ega bo’lgan vazifani bajaradilar. Asosiy vazifasiga ko’ra gidrouzellar energetik, suv transporti, irrigatsiya shaxobchalariga suv oluvchi va boshqa turlarga bo’linadi. Masalan, energetika gidrouzeli elektr energiyasini ishlab chiqish, daryodan suv oluvchi gidrouzel iste‘molchi va foydalanuvchilarga kerakli miqdordagi suv sarfini olish va suvni taqsimlash vazifalarini bajaradi. Yirik daryolarda quriladigan gidrouzellar kompleks (bir qancha) vazifani bajarishlari ham mumkin.

Gidrouzellar bosimli va bosimsiz turlarga bo’linadi. Bosimli gidrouzellar ularga ta‘sir qiluvchi bosim kuchiga ko’ra uch guruhga bo’linadi: 1) past bosimli (suv dami yoki napori 10 m bo’lsa); 2) o’rta bosimli (napor 10 – 50 m oralig’ida bo’lganda); 3)yuqori bosimli (napor 50 m dan ortiq).

Past bosimli gidrouzellar daryoning tekislikdagi qismida quriladi va ulardan iste‘molchilarga suv olish va daryo transporti maqsadlarida foydalaniladi.

O’rta bosimli gidrouzellar ko’pincha elektr energiyasini ishlab chiqarish (GES larga xizmat qilish) va suv omborlariga suvni jamg’arish sharoitlarini ta‘minlash maqsadlarida quriladi.

Yuqori bosimli gidrouzellar asosan energetik va suv transporti ehtiyojlarini qondirish uchun barpo etiladi.

Ma‘lum hududdagi gidrouzellar majmuiga gidrotizimlar deb ataladi. Hozirgi vaqtda Mustaqil davlatlar hamdustligida va O’zbekistonda har xil vazifalarni bajaruvchi ko’plab gidrotizimlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning eng yiriklariga Shimoliy Kavkazdagi Kuban-Kalaus, O’zbekistondagi Qarshi, Katta Farg’ona, Andijon, Amu-Buxoro gidrotizimlari misol bo’lishi mumkin.




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin