Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Daryolardan suv olish inshootlari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə28/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#37597
növüСборник
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

6.2. Daryolardan suv olish inshootlari
Suv olish inshootlari irrigatsiya, energetika, ichimlik suv ta‘minoti va xalq xo’jaligi boshqa tarmoqlarining suvga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida barpo etiladi.

Suv olish inshootining o’rni so’g’oriladigan yer maydonining joylashuvi, geologik, gidrogeologik va boshqa shart-sharoitlar hisobga olingan holda tanlanadi.

Suv olish to’g’onli yoki to’g’onsiz bo’lishi mumkin. Suv olish usuli daryoning gidravlik va gidrologik tavsiflari asosida qabul qilinadi. Daryo o’zani topografik, gidrologik va geologik jihatdan qulay sharoitlarda o’tsa va daryodagi suv sathi suv oluvchi magistral kanalning jadallashgan suv sathidan 10-20 sm yuqorida joylashsa to’g’onsiz tartibda suv olish mumkin. Aks holda daryo suvini dimlash uchun to’g’on quriladi.

To’g’onli suv olishning ko’plab usullari mavjuddir. Ulardan eng ko’p qo’llaniladiganlari - yonboshdan suv olish va frontal (ro’paradan) suv olishdir. Suv olishning shuningdek farg’onacha usuli ham ma‘lumdir.

Ma‘lumki, daryo oqimining ustki qatlamlarida cho’kindilar kam, oqimning ostki qatlamlarida esa ko’p bo’ladi. Frontal suv olishda suv ustki qatlamlardan olinadi. Cho’kindilar esa inshoot ostidagi galereya orqali yuvib yuboriladi.

Daryo o’zanlarida (alohida yoki gidrouzellar tarkibida) suv tashlash inshootlari, tindirgichlar va boshqa turdagi inshootlar ham quriladi. Suv tashlash inshootlari to’suvchi to’g’on tanasi ichida yoki qirg’oqda (to’g’on tanasidan chetda) joylashishi mumkin.

Suv olish inshootlarining ko’plab usullari va sxemalari mavjud Ular haqidagi ma‘lumotlar «Gidrotexnika inshootlari» fanida o’rganiladi.

Yirik inshootlar asosan individual loyiha bo’yicha quriladi. Lekin ularning tarkibiy qismlarini barpo etishda unifikatsiyalashgan, namunaviy konstruktsiyalarni ko’proq qo’llashga ham e‘tibor berish lozim.

Yirik inshootlarni loyihalashda kompozitsion markazni tanlash hamda boshqa inshootlar yoki landshaft va rel‘efni shu markazga muvofiqlashtirish juda muhimdir. Gidrouzellarda bunday markaz vazifasini to’suvchi to’g’on bajarishi mumkin.



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin