Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fani tibbiy, biologik va pedagogik fanlarning tarmog`i.
Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi – bolalar va o`smirlar organizmining tuzilishi, funksiyalari va tashqi muhit bilan aloqasini, hayot faoliyati davomida zarur bo`lgan sharoitlarni, gigiyenik qoida vatalablarni o`rganadi. Demak, bu fan tibbiyot, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, ekologiya fanlari bilan, bundan tashqari pedagogika, psixologiya fanlari bilan ham uzviy aloqadadir
Gigiyena tibbiy fanlar guruhiga kirib, yunoncha “gigiyeya” sog`liq hadya etaman, degan ma`noni anglatadi. Gigiyenaning boshqa tibbiy fanlardan farqi shundaki, u bemorlarni davolash bilan emas, balki kasalliklarning oldini olish bilan shug`ullanadi. Buning uchun gigiyena odamning yashash, tarbiyalanish, o`qish, mehnat qilish sharoitlarini qulaylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va hayotga tadbiq etadi.

Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining rivojlanish tarixi.
Odam organizmining tuzilishi va uning sog`lig`i haqidagi fanlarni o’rganar ekanmiz, tibbiyot fani rivojiga ulkan xissa qo’shgan vatandoshlarimizni eslashimiz lozim.
XV asrning ikkinchi yarmida yashagan Abu Bakr ibn Ahaviy Buxoriyning "Hidoyat" (tibbiyotni o’rganuvchilarga qo`llanma) kitobida odamda uchraydigan ko’pgina kasalliklar va ularni davolashda ishlatiladigan dorilar haqida ma'lumotlar bеrilgan. O’sha davrlarda Abu Mansur Buxoriyning "Oddiy dorilar haqida katta to’plam", Abu Saxl Masix Jurjoniyning yuz bobli "Al -kimyo" kitobi tibbiyotni o’rganishda darslik sifatida kеng qo’llanilgan.