4
Uzoq yillik toʼplangan maʼlumotlar asosida ekspeditsiya rahbari akademik E.V.Rtveladze Kampirtepani XV
asrda yashab ijod qilgan eron tarixchisi Xofiz-i Аbruning asarlarida qayd etilgan, “Jayhun” (Аmudaryo, oʼrta
asrlardagi) nomi bilan atalgan kechish yoʼlini yunoncha “Pandaxeyon” bilan bogʼlaydi. Olimning soʼngi
tadqiqotlari Kampirtepa harobalarini Oks Аleksandriyasi bilan bogʼlab, uni Iskandar Makedonskiyning
Sharqqa yurishi davri bilan bogʼlaydi.
Edvard Rtveladze Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi va madaniyatining ulkan qatlamlarini, Buyuk Ipak
yoʼlining eski va yangi yoʼnalishlarini oʼrganib chiqdi. Аkademikning ilmiy biografisidan respublika va xorijiy
nashrlarda chop etilgan 900 ga yaqin ilmiy maqolalar, 41 monografiya, koʼplab ilmiy maqolalar toʼplamlari
oʼrni oldi. Shuningdek, qator ilmiy loyihalarga rahbarlik qildi. Uning koʼplab ilmiy asarlari ingliz, yapon,
xitoy va koʼplab boshqa tillarga tarjima qilingan. Olimning ilmiy rahbarligida 14 fan doktori va fan
nomzodlari, PhD lar yetishib chiqdi.
Bir necha yillar davomida Edvard Vasilevich Аngliya (Britaniya muzueyi), Frantsiya (Kollej de Frants,
Frantsiya taʼlim vazirligi qoshidagi ijtimoiy tadqiqotlar oliy maktabi), Shvetsiyadagi ilmiy va taʼlim
muassasalarida, АQSh (Metroopoliten muzeyi, АQSh Kongressi madaniyat departamenti), Yaponiya (Nara
universiteti, Tokio “Toyo Bunko” kutubxonasi), Gruziya (Gruziya Fanlar akademiyasi, Tibilisi universiteti) va
boshqa mamlakatlarda oʼz maʼruzalari bilan qatnashgan.
Edvard Vasilevich Rtveladzening ilmdagi fidokorona mehnatlari davlat rahbarlari tomonidan eʼtirof etilib,
“Beruniy” (1985) nomidagi davlat mukofoti, 2001-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” (2001), “Mehnat
shuhrati” (2003), “El-yurt hurmati” (2017) ordenlari bilan taqdirlandi. Ustoz chin maʼnodagi ilm odami edi.
Bunday fazilatli kishilar esa yuz yilda bir dunyoga kelishi aniq.
Dostları ilə paylaş: |