Ishchi guruh rahbari: _________ Z. Berdimuratova
Ishchi guruhning mas’ul kotibi: _________ L. Badayev
Ishchi guruh a’zolari: _____________ S. hakimov
_____________ F. Xudoyberdiyeva
_____________ G. Ishqobilova
_____________ Q. Xudoyorova
____________ T. Jo’rayev
TERMIZ TUMANIDAGI 23 -SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI DIREKTORINING BUYRUG’IDAN KO’CHIRMA
"2022-2023 o’quv yilining birinchi yarim yili uchun pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarga ustama haqi belgilash to’g’risida"
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini rag’batlantirish tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi 823-sonli qaroriga Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 831 – son qarori bilan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Maktab qoshida tuzilgan ishchi guruhning 2020 yil 15 iyundagi 7 -sonli qarori raxbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. 2021-2022 o’quv yilining ikkinchi yarim yilligida o’quv-tarbiya jarayoniga shaxsiy hissa qo’shayotgan, o’z kasbiga sodiq va tashabbuskor, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga 2022-2023 o’quv yilining birinchi yarim yilida pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga ishchi guruhning 2022 yil 15 iyundagi 7-sonli qaroriga asosan belgilangan ustamalar rasmiylashtirilsin hamda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Maktabning ichki monitoringi tashkil etilishi uchun mas’ul bo’lgan o’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari-komissiyaning mas’ul kotibi(i) L. Badayev
Maxsus komissiya qarori bilan pedagog kadrlarga belgilangan ustama miqdorlari va me’yoriy hujjatlarni yuritilishi hamda saqlanishiga javobgar ekanligi belgilansin.
4. Ishchi guruh a’zosi ma’navi-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari S. Hakimov
Maktabning pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga berilgan ustama to’g’risidagi ma’lumotlarni hammaga ko’rinadigan joyidagi axborotlar stendi hamda maktabning Internet jahon axborot tarmog’idagi rasmiy veb-sayti orqali Ishchi guruhning qarori to’g’risida to’liq ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib borish vazifasi yuklatilsin.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.
Asos: Maktab qoshida tuzilgan ishchi guruhning 2022 yil 15 iyundagi 7 -sonli qarori
Maktab direktori: Z. Berdimuratova
(imzo)
" Qoraxon" mahallasi
2022 yil 15 iyun
7- son
Dostları ilə paylaş: |