Andijon Mashinasozlik Instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti TMJ yo’nalishi K 83-21 guruh talabasi ESHNAZAROV SANJARBEKning OLIY NAZARIY MEXANIKA MUSTAQIL ISHI
Mavzu:
Qattiq jismning ilgarilanma va qo’zg’almas o’q atrofidagi aylanma harakati.
Reja:
Nuqtaning harakati
Harakati tabiiy va vektor usullarda berilgan nuqtaning tezligi
Qattiq jismning qo`zg`almas o`q atrofidagi aylanma harakati
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kinematikada nuqta va mutlàq qattiq jismning mexanik harakati faqat geometric nuqtai nazardan, ya`ni ularning massalari va ta`sir etuvchi kuchlarga og`lanmasdan tekshiriladi.
Kinematikada nuqta va mutlàq qattiq jismning mexanik harakati faqat geometric nuqtai nazardan, ya`ni ularning massalari va ta`sir etuvchi kuchlarga og`lanmasdan tekshiriladi.
Kinematika yunoncha «kinema» so`zidan olingan bo`lib, harakat degan ma`noni anglatadi.
Bu bobda nuqta va qattiq jism (mexanik tizim)larning kinematik holatlari o`rganiladi.
O`lchamlari e`tiborga olinmaydigan jism nuqta, o`zaro bog`liq bo`lgan
nuqtalar majmui esa mexanik tizim deyiladi. Nuqta yoki jism muayyan vaqtda fazo (makon)da ma`lum kinematik holatda (tinch yoki harakatda) bo`ladi. Fazo, vaqt va harakat materiyaning o`zaro bog`liq yashash shakllari hisoblanadi: materiyasiz harakat va harakatsiz materiya bo`lmaydi.
Klassik mexanika italyan olimi Galelio Galiley (1564—1642) va ingliz olimi Isaak Nyuton (1643—1727)larning fikrlariga asoslangan.
Nuqta (jism)ning harakat qonuni, trayektoriyasi, tezligi, tezlanishi, burchak tezlik, burchak tezlanish va shu kabilari kinematik parametrlar deyiladi.
Nuqta (jism)ning boshlang`ich holatdan oxirgi holatga vaqtga bog`liq holda aniq bir usulda o`tishi harakat deyiladi.
Nuqtaning fazoda boshqa biror nuqta yoki jismga nisbatan vaziyatini o`zgartirishi mexanik harakat deyiladi. Nuqta (jism)ning fazodagi vaziyatini istalgan vaqtda aniqlashga imkon beradigan matematik bog`lanish harakat qonuni deyiladi. Masalan, nuqta (jism) to`g`ri chiziqli tekis harakat qilsa, s(t) bog`lanish ularning harakat qonuni bo`ladi, chunki vaqt t ga qiymat berib, bosib o`tilgan masofa (vaziyat) s ni aniqlash mumkin.

Nuqta (jism) vaziyati boshqa nuqta yoki jismga nisbatan aniqlanadi va bu nuqta (jism) harakat vaqtida ikkinchi nuqta yoki jism «tinch» holatda deb qaraladi.
Tinch holatdagi nuqta yoki jismning vaziyati sanoq (hisob) boshi deb qabul qilinadi. Sanoq boshi bilan harakat qiladigan nuqta birgalikda sanoq (o`lchov) sistemasi deyiladi. Masalan, bekatdan avtomobil uzoqlashib bormoqda. Bu yerda bekat sanoq boshi, bekat va avtomobil birgalikda hisoblash sistemasidir. Quyosh atrofida Yer harakat qiladi; bunday holda Quyosh sanoq boshi, Quyosh va Yer birgalikda hisoblash sistemasini tashkil etadi.
Nuqta (jism) harakatlangan paytda ketma-ket vaziyatlarni ifodalaydigan nuqtalarning geometrik o`rniga trayektoriya (harakat chizig`i) deb ataladi.
Harakatlar nuqta trayektoriyasiga qarab to`g`ri va egri chiziqli harakatlarga, nuqta harakatining jadalligiga qarab tekis va notekis harakatlarga bo`linadi.
Xulosa:
Men ushbu mavzudan oʻzimga koʻplab amaliy bilimlar oldim va tushunchaga ega boʻldim yani qoʻzlalmas oʻq atrofidagi harakat tushunchasini bilib oldim va masalalar oʻrganishga yechimini yechishga koʻnikmalar hosil qildim.
Qattiq jism qoʻzlalmas oʻq Atrofida harakatini oʻrganib chiqdim va masalalar yechish usularini urgandim va ushbu mustaqil ishni Oʻz oʻrgangan bilimlarimga mofiq tayorlab chiqdim