Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə171/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Siam egizaklari - egiz homilalar tanasi ona bachadonida bir-biriga yopishib qolgan holda rivojlanib, yopishgan holda tug`iladigan tug‘ma kasallik.
Sil - nafas yo`llari orqali kirib, o'pkaning limfa tugunlari va shu joydagi o'pka to'qimasini yallig'lantirib, surunkali davom etadigan yuqimli kasallik.
Sistit - siydik pufagi ichki shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Sitomegaliya - virus qo‘zg‘atadigan, so‘lak bezlari va ichki a’zolarning zararlanishi bilan xarakterlanadigan tug‘ma kasallik.
Siydik pufagida tosh bo`lsa, u joyidan siljiganda qovuq sohasida og`riq paydo bo`ladi. Og`riq pastki siydik chiqarish kanali (uretra) bo`ylab pastga tarqaladi.
Siydik tosh kasalligi. Buyrak jomi va siydik pufagida tuzlar cho‘kib tosh hosil qiladi.
Spazmofiliya - bola organizmida kalsiy-fosfor tuzlari almashuvining buzilishi va qonda kalsiy miqdorining kamayishi natijasida yuzaga keladi.
Spermatozoid – erkaklar jinsiy hujayrasi.
Stomatitog‘iz shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Suyak sinishi - tashqi kuch ta’sirida suyak butunligining buzilishidir.
Suyakning ochiq sinishi - teri butunligi buzilib, terining jarohatidan qon oqishi, harakat buzilish, singan suyak uchi teri jarohatidan ko‘rinib turishi bilan namoyon bo’ladigan holat.
Suyakning yopiq sinishi - teri butunligi buzilmay, og‘riq, harakat faoliyatining buzilishi, teri ostiga, to‘qimalar orasiga qon quyilishi bilan namoyon bo’ladigan holat.
Suyuq dori shakli: damlama, qaynatma, ekstrakt, nastoyka, emulsiya, suspenziya, ampula va flakonlarda chiqadigan suyuq dorilar.
Taxikardiya - tomir urishining tezlashuvi
Tepkili terlama - tana haroratining ko'tarilishi, terida qizil toshmalarning paydo bo`lishi, miya to'qimasi, yurak muskuli va boshqa hayotiy muhim a'zolarining zararlanishi bilan og'ir kechadigan yuqumli kasallik.
Tinchlantiruvchi va uxlatuvchi dorilar:

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin