Qayd raqami


Yurakning ishemik kasalligi



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə20/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

4.Yurakning ishemik kasalligi. Bu kasallik yurak muskullari (miokard) ni ta’minlovchi koronar arteriya qon tomirlarini torayishi tufayli miokardning qon va uning tarkibidagi kislorod hamda oziq moddalar bilan ta’minlanishi buzilishi natijasida vujudga keladi.
Sababi. Ateroskleroz, gipertoniya kasalliklarining asorati, kam harakat qilish (gipodinamiya), spirtli ichimliklar iste’mol qilish, chekish, ruhiy aziyat chekish kabilar.
Belgilari. yurak sohasida vaqt-vaqti bilan sezilar-sezilmas kuchsiz g‘ijimlovchi og‘riq, noxushlik his etish, jismoniy harakatlanganda yurak urishining me`yoridan ko`p tezlashuvi, nafas qisish, tez charchash, ko`p terlash.
Yurak ishemik kasalligining belgilari oylar-yillar davomida asta-sekinlik bilan kuchayib boradi va davolash tadbirlari o‘tkazilmasa stenokardiya, miokard infarkti kasalliklarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Tibbiy yordam. 1. Sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ya’ni jismoniy va aqliy mehnatni navbat bilan bajarish, ertalabki gigiyenik gimnastika mashg‘ulotlarini muntazam bajarish, zararli odatlardan voz kechish, me’yorida ovqatlanish, atrofdagi odamlarning ruhiy ta`sir ko`rsatishi (stress) dan ehtiyotkorlik choralarini qo`llash.
2.Yurakning ishemik kasalligi oylar-yillar davomida surunkali kechadi. Shu bois bemor poliklinikaning kardiolog shifokori nazoratida muntazam davolanadi.
3. Har 2-3 oyda quyidagi davolash tadbirlari o‘tkaziladi:
- glyukoza 20-40%-20 ml, kokarboksilaza 50-100 mg vena tomiriga har kuni 1 mahal 10 kun;
4. Mildranat 5 ml vena tomiriga yoki muskul orasiga kuniga 1 marta, № 10.
5. Tiotriazolin – 2,5 % - 2ml muskul orasiga, kuniga 1 marta, № 10.
6. ATF- 1 ml muskul orasiga kuniga 1 mahal 10 kun davomida;
7.Vitamin B1-1 ml, vitamin B6-1 ml, vitamin PP (nikotin kislota) - 1 ml har kuni 1 mahaldan muskul orasiga 10 kun davomida.
8.Yurak g‘ijimlaganda - valokordin yoki korvalol 20-30 tomchi 1 qoshiq qaynagan iliq suvga qo‘shib ichish.
9.Simgal qonda xolesterin ko`payganda – Ѕ tab, kechki uyqu oldidan.
10.Tromboass-Ѕ tab, 1 marta 2 hafta, so`ngra 2 hafta tanaffus, keyin yana 2 hafta (3 oy). Aterosklerozning oldini olish uchun.
11.Arterial qon bosimi 130/80 mm.dan yuqori bo`lsa: Atenalol, papazol, raunatin, adelfan (bittasi) -1/2-1 tab. 1-2 marta.
12. Preduktal – 1tab. 2 mahal, 1 oy.
13.Trombokard – 1tab. 1 mahal kechga.
14. Lipontil - 1tab. tushki ovqatdan keyin 1 mahal 1-2 oy.
15.Olikard – 1 tab. ertalab 1 mahal, 1 oy.
16. Parmidin – 1 tab x 2 marta, 1-2 oy.
17. Kardiomagniy – kechki payt Ѕ tab. kunaro (40 kunda 20 marta qabul qilinadi).
18. Kurantil (Dipiridamol) – 1 tab. 2 mahal ertalab va kechda, ovqatdan 1 soat oldin, 1 oy.
19. Interkordin (intensani) 1 tab. 2 mahal ovqatdan keyin, 1 oydan 3 oygacha. Kasallik og`ir kechganda – 1 amp (004) + 2 ml novokain qo`shib muskul orasiga kuniga 1-2 mahal, 10 kun.
Izoh: Yuqoridagi dorilar yurakning ishemik kasalligida, shuningdek, stenokardiya, miokard infarkti kasalliklarida qo`llanadi. Navbat bilan 1-2 tasi 10-20 kun, so`ng boshqasi.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin