Qayd raqami


O`t-tosh kasalligida o‘t pufagida mayda toshchalar hosil bo`lib, vaqti-vaqti bilan o`ng qovurg`a ostida og`riq xuruj qiladi. Xolangit



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə28/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

O`t-tosh kasalligida o‘t pufagida mayda toshchalar hosil bo`lib, vaqti-vaqti bilan o`ng qovurg`a ostida og`riq xuruj qiladi.
Xolangit kasalligida jigar orasida joylashgan o‘t yo‘llari yallig‘lanadi.
Xolangogepatitda o‘t yo‘llari va jigar to‘qimasi birgalikda yallig‘lanadi.
Bu kasalliklarning hammasi o‘ng qovurg‘a ostida og`riq vaqti-vaqti bilan xuruj qiladi. Bunga jigar sanchig‘i deyiladi.
Tibbiy yordam.
1.Xoletsistit, o‘t-tosh kasalligi, xolangogepatit (jigar sanchig`i) kasalliklari xuruj qilganda, ya’ni jigar ohasida kuchli og‘riq, ko‘ngil aynish, qusish yuzaga kelganida, tez yordam chaqirilib, bemor shifoxonaning jarrohlik bo‘limiga yuborilishi kerak.
2. Tez yordam kelgunicha quyidagi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi:
2.1. Og‘riqni qoldirish uchun no-shpa 1 tab. ichishga;
2.2. Og`riq kuchli bo`lsa: analgin (baralgin)-2ml, no-shpa-2ml, platifillin-1ml (bittasi) muskul orasiga;
2.3. O’t pufagida va o‘t yo‘llarida to‘plangan o‘t suyuqligini o‘n ikki barmoq ichakka o‘tishini osonlashtirish uchun zondsiz tubaj qilinadi.Buning uchun:
2.4. Bemor ertalab nahorda o‘ng qovurg‘a osti sohasiga issiq grelka qo‘yib o‘ng tomoni bilan yotadi va shipovnik (namatak mevasi) yoki makkajo‘xori popugi damlamasidan 200-300 ml iliq holda yoki 25%-20-30 ml magneziy sulfat eritmasini 200-250 ml iliq suvga aralashtirib ichadi va o`ng tomoni bilan 2 soat yotadi. Bu tadbir 2-3 kunda takrorlanadi;
2.5. Tubaj orasida xolasas 1 choy qoshiq, yoki allahol (bittasi) -1 tab.1-2 marta;
2.6. To‘planib qolgan o‘t suyuqligi hamda mayda toshchalar va tuzlarni haydash uchun: ksilit, sorbit, olimetin tabletka (bittasi) 1-2 marta ichishga.
Pankreatit me`da osti bezining yallig‘lanish kasalligi.
Sababi. Xoletsistit, xolangit, o‘t-tosh kasalligi, gepatit, enterit, kolitning asorati, yog‘li, achchiq, sho‘r ovqatlarni me`yoridan ortiq iste`mol qilish, spirtli ichimliklar.
Belgilari. Pankreatit o‘tkir va surunkali kechishi mumkin.
O`tkir pankreatit to‘satdan qorinning yuqori sohasida kindik yuqorisida kuchli og‘riq, ko‘ngil aynish va qusish bilan boshlanadi. Bemorning ahvoli tez og‘irlashadi, terisi oqaradi, lablari ko‘karadi.
Bemorni orqasi bilan yotqizib, oyoqlarini tizza bo‘g‘imida bukib, tekshiruvchi qo‘lini ilitib kafti va barmoqlari bilan bemor qornini pastdan yuqori tomon asta-sekin paypaslaganda kindik atrofida og‘riq sezilib yuqori tomon paypaslagan sari og‘riq zo‘rayib boradi.Qorinning yuqori o‘rta sohasi, o‘ng va chap qovurg‘a yoyi ostida og‘riq kuchayadi.
Surunkali pankreatit esa vaqti-vaqti bilan xuruj qilib turadi.Xuruj paytida qorinning yuqori sohasida og‘riq, ko‘ngil aynish, qusish kuzatiladi.Ayrim bemorlarda o‘tkir pankreatit yuzaga kelmasdan surunkali pankreatit birlamchi kasallik sifatida asta-sekin boshlanib, vaqti-vaqti bilan xuruj qilib oylar, yillar davom etadi.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin