Birinchi tibbiy yordam.Yuqorida qayd etilgan belgilar aniqlanishi bilanoq tez yordam chaqirilib, bemor shifoxonaning jarrohlik bo`limiga olib borilishi shart. Hech qanday dori, ayniqsa og`riq qoldiruvchi dorilar berilmaydi.
Nefrit.Buyrak to‘qimasining yallig‘lanish kasalligi.
Sababi.Shamollash, angina, tonzillit, otit, o`pka zotiljami, plevrit, sil kabi kasalliklarning asorati.
Belgilari. Nefrit o‘tkir va surunkali kechishi mumkin.
Nefritning uchta asosiy belgilari bor:
1.Qovoqlarda shish.
2.Arterial qon bosimining ko‘tarilishi.
3.Siydikda qon bo‘lishi (qizarishi).
Nefritning qo`shimcha belgilari:bosh og‘rishi, bel sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi. Og‘ir kechishida tananing yuz, bel, qorin sohalarida va oyoqlarda shish paydo bo‘lishi, yurak faoliyati susayishi, kunlik siydik miqdorining kamayishi.
Tibbiy yordam.1.Bemor nefrolog shifokor nazoratida uyida yoki shifoxonada davolanadi.
2.Issiq to‘shakka yotqiziladi.
3. Bel sohasiga issiq grelka, isituvchi kompress qo‘yiladi.
4.Arterial qon bosimi baland bo‘lsa: raunatin, atenalol, adelfan (bittasi) 1 tab. 2 mahal. Agar minimal arterial bosim maksimal bosimga nisbatan ko`proq oshgan bo`lsa, konkor – 1 tabletka ertalab beriladi.
5.Askorutin – 1 tab. 2 mahal 10 kun.
6.Bemor 1-2 hafta go`shtsiz, tuzsiz taomlar iste`mol qilishi kerak.
7.Glyukoza 40 %-20 ml va askorbin kislota -2 ml vena tomiriga, № 10.
8.Mikroblarga qarshi: ampitsillin, oksatsillin, ampioks, sefazolin (bittasi), 7-10 kun.
9.Shish bo`lsa: laziks-2 ml muskul orasiga, furosemid, diakarb 1 tab. ertalab (bittasi).
Piyelonefrit.Buyrak to‘qimasi va buyrak jomining birgalikda yallig‘lanish kasalligi.
Sababi.Nefritdagi sabablar hamda buyrak tosh kasalligining asorati.
Belgilari.O‘tkir va surunkali kechadi. Bel sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rishi, tez-tez siydik ajralishi, siydikning loyqalanishi, ba`zan arterial qon bosimining oshishi, pastki qovoqda shish bo`lishi.
Tibbiy yordam.1.Bemorni nefrolog yoki urolog shifokori davolaydi.
2.Bel sohasiga issiq kompress, issiq grelka.
3.Og‘riqqa qarshi analgin (baralgin) - 2 ml, dimedrol-1 ml, novokain-2 ml qo`shib muskul orasiga.
4.Ampitsillin, ampioks, oksasillin, sefazolin (bittasi) muskul orasiga, 2-3 mahal, 7-10 kun.
5.Glyukoza 40% -20 ml, askorbin kislota 2 ml vena tomiriga, 10 ta;
6.Askorutin 1 tabletka 2 mahal, 10 kun.
7. Fizioterapevtik muolajalar: sollyuks, diatermiya - bel sohasiga, № 10.