Laboratoriya mashg’uloti № 17
Mavzu: Buyrak anatomiyasi. Siydikning sifat tahlili.
Ishdan maqsad. Buyrakning anatomo-gistologik tuzilishini va Siydikning miqdori, tarkibi va xossalarini mulyaj va plakatlardan foydalanib o’rganish.
Ish uchun kerakli jihozlar. Mulyajlar, plakatlar, slaydlar.
Nazariy tushuncha. Buyrakning anatomo-gistologik tuzilishini o’rganing va rasmini chizing. Hayvonlar va odam buyragi juft organ bo’lib, organizmning bel qismida joylashgan (27.1-rasm). Har qaysi buyrak ikki qavat-po’st va mag’iz qavatlaridan tashkil topgan.
27.1-rasm. Buyraklarni qorin bo’shlig’ida joylashishi.
Po’st qavatini buyrakning morfofunksional birligi nefronlar (Shumlyanskiy, 1872y) tashkil qiladi. Chunki siydik hosil bo’lishining barcha jarayonlari nefronlarda bo’lib o’tadi. Alohida chiqqan har bir nefron qo’sh devorli kichik kapsuladan boshlanadi, uning ichida kapillyarlar chigali, kalavasi bor, Malpigiy qoptoqchasi deb shuni aytiladi. Qo’sh devorli kapsula (Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi) devorlari orasidagi bo’shliqdan kanalcha boshlanadi. Kanalcha kapsulaga yaqin joyda ikki-uch marta egilib burilgan. Buni birinchi tartibli burama kanalcha deyiladi. Bu kanalcha buyrakning po’st va miya qavatlari chegarasida to’g’rilanib, torayadi va miya qavatga tushib chiqadi. Oqibatda Genle qovuzlog’ini hosil qilib, po’st qavatga qaytadi. Kanalcha po’st qavatda yana ikki-uch marta egilib bukiladi. Bunga ikkinchi tartibli burama kanalcha deyiladi.
Ikkinchi tartibli burama kanalcha yig’uvchi kanalchaga quyiladi. Bir necha nefronlarning yig’uvchi kanalchalari qo’shilib umumiy chiqaruv kanalchasini hosil qiladi. Umumiy chiqaruv kanalchasi mag’iz qavatdan o’tib, buyrak jomiga quyiladi. Buyrakda bu nefronlardan tashqari yukstamame-dullyar nefronlar ham bo’‘ladi. Bular tasvirlangan nefronlardan bir muncha farq qiladi, chunki yukstamamedullyar nefronlarning koptokchalari po’st va mag’iz qavatlarning oralig’ida, Genli qovuzlog’i esa buyrak jomi atrofida joylashgan. Har xil turga mansub bo’‘lgan hayvonlarning buyragida nefronlarning miqdori turlichadir. Jumladan, qoramollarning har ikkala buyragida 8 mln.ga yaqin nefron bo’‘lib, ularning faol yuzasi 39,2 m2.ni, cho’chqalarda 1,4 mln. nefron bo’lib, faol yuzasi 7,2 m2.ni, qo’ylarda esa 1 mln. nefron bo’lib, faol yuzasi 3,5 m2.ni tashkil qiladi.
Buyrak qorin aortadan chiqib keladigan buyrak arteriyasidan qon oladi. Buyrak arteriyasi arteriolalarga tarmoqlanib, har qaysi kapsulaga alohida tarmoqcha beradi. Arteriola kapsulaga kirgach, yana tarmoqlanib kapillyarlarga bo’‘linadi, oqibatda kapillyarlar chigali-kalavasini -Malpigiy koptokchasini hosil qiladi. Kapsuladan chiqayotgan arteriola unga kirayotgan arterioladan torroq. Kapsuladan chiqqan arteriola, birinchi va ikkinchi tartibli burama kanalchalar yana kapillyarlarga tarmoqlanadi, va kapillyarlar kanalchalarni o’rab oladi. So’ngra kapillyarlar venalarga aylanadi. Mayda venalar o’zaro qo’shilib, buyrak venasini hosil qiladi. Yukstamedullyar nefronlar kapsulaga kirayotgan arteriola yug’onligiga teng. Ularda kapsuladan chiqqan arteriola kanalchalar atrofida kapillyarlar to’rini hosil qilmaydi.
Ishni bajarish tartibi. Mulyajlar, plakatlar, slaydlar asosida buyrakning anatomo-gistologik tuzilishi o’rgatiladi. Buyrakning anatomo-gistologik tuzilishi rasmi chiziladi.
Bir sutkada odamdan chiqadigan siydikning umumiy miqdori keng ko’lamda o’zgarib turadi va o’rta hisobda 1,5 litrni tashkil qiladi. Siydikning solishtirma og’irligi 1,012-1,020, muzlash nuqtasi -1,3-2,20S. Siydikda qariyb 4% qattiq modda bor. Kishi ko’p terlaganda, masalan issiq iqlim sharoitida ter bilan suv chiqib ketganidan so’ng siydik miqdori kamayadi. Bundan tashqari kishi uxlagan vaqtda, ayniqsa, qattiq uyqu vaqtida siydik hosil bo’lishi keskin kamayadi. Ovqatdan so’ng ovqatdagi suv va tuzlar ichakdan so’rilishi tufayli kontsentratsiyasi va solishtirma og’irligi past bo’lgan siydik odatda ko’proq chiqadi.
Siydik tarkibi. Buyraklar oqsilning parchalanishidan hosil bo’ladigan azotli moddalar - mochevina, siydik kislotasi, ammiak, purin asoslari, kreatin va indikanni organizmdan chiqarib yuboruvchi asosiy yo’ldir. Siydikdagi azotning 90%gachasi mochevinaga to’g’ri keladi. Siydikdagi mochevinaning kontsentratsiyasi qariyb 2%. Odatda odam siydigida 0,5% siydik kislotasi bor. Normal siydikda parchalanmagan oqsillar bo’lmaydi. Siydikda oqsil paydo bo’lishi odatda buyrak kasalligidan darak beradi. Biroq og’ir jismoniy ish vaqtida buyrak filtri o’tkazuvchanligining ortishi sababli sog’lom odam siydigida ham oqsil paydo bo’lishi mumkin. Bu holat biroz dam olishdan so’ng avvalgi asliga keladi. Qondagi qand kontsentratsiyasi 150-180mg foizdan oshmasa siydikda qand bo’lmaydi. Faqat giperglikeniyada u qanday sabablar bilan kelib chiqqanidan qat’iy nazar, siydikda glyukoza bo’ladi. Bu organik moddalardan tashqari siydikda unga sariq rang beruvchi pigmentlar ham bor. Bu pigmentlar ichakda o’tdagi bilirubindan hosil bo’ladi. Bilirubin ichakda urobilin va uroxromga aylanadi. Bular esa ichak devori orqali qonga so’riladida, keyin buyraklar orqali chiqib ketadi. Siydik bilan asosan natriy xlorid (10-15 g), kaliy xlorid (3-3,5 g), sulfatlar (2,5 g), fosfatlar (2,5 g) kabi bir talay anorganik tuzlar bir sutkada 15-25 g chiqib ketadi.
Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Daftaringizga ishni maqsadi va bajarilish tartibini rasmiylashtirib ishni xulosalang.
Nazorat savollar.
Nefronni tuzilishi.
Buyrak jomini tuzilishi.
Siydik tarkibi.
Dostları ilə paylaş: |