O’tkir enterit – ingichka ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi.
Sababi.Mikroblar bilan zararlangan, buzilgan, aynigan ovqatlarni iste’mol qilish.
Belgilari.Qorinning kindik atrofi sohasida g‘ijimlovchi og‘riq, g`uldurash, ich ketishi - najas suyuq, ozroq shilimshiq aralash, badbo‘y hidli, ko‘pikli.
Tibbiy yordam. 1. Bemor to‘shakka yotqiziladi.
2. Suyuq, oson hazm bo‘ladigan taomlar, 2 kunlik suyuq qatiq yoki kefir.
3. Mikroblarga qarshi:
- levomitsetin-0,5-4 marta, furazolidon-0,1-4 marta (Dorilar bolalarga kattalarning Ѕ-1/3 qismi);
- kasallik og‘ir kechganda levomitsetin suksinat muskul orasiga;
- glyukoza- 5 %- 100-150 ml, reopoliglyukin-100-150 ml tomchi usulida vena tomiriga. Shuningdek, disol, trisol eritmalari 100 ml tomchi usulida vena tomiriga;
- digestal, mezim, omez, panzinorm (bittasi) ovqatdan keyin, 1 tab.
- qorinda og‘riq bo‘lsa: no-shpa, platifillin tabletkalari (bittasi).
O’tkir kolit – yo‘g‘on ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi.
Sababi. Mikroblar bilan zararlangan, buzilgan taomlarni iste’mol qilish.
Belgilari.Qorinning yo‘g‘on ichak yo‘nalishi bo‘ylab ya’ni, kindikdan o‘ng, yuqori va chap sohalarida g‘ijimlovchi va sanchuvchi kuchsiz og‘riq, tez-tez hojatga borish, najasning shilimshiq aralash bo‘lishi.
Tibbiy yordam.Enteritni davolashga o‘xshash.
Jigar va o`t yo`llari, oshqozon osti bezi kasalliklari. Appenditsit. Invaginatsiya. Xoletsistit – o‘t pufagining yallig‘lanishi.
Sababi.Angina, surunkali tonzillit, ich terlama, gepatit va boshqa kasalliklarning asorati sifatida hamda lyamblyalarni yuqishi tufayli yuzaga keladi.
Belgilari.O‘ng qovurg‘a osti sohasida og‘riq bo‘lib, u o‘ng yelka va o‘ng kurak sohasiga tarqalishi mumkin, ko‘ngil aynishi, ba‘zida qusish kuzatiladi.