Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish.
Giyohvandlik. TOKSIKOMANIYA
Reja:
Dori va kimyoviy moddalar bilan zaharlanish, belgilari, birinchi tibbiy yordam.
Oilada-ro`zg`orda hashorotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanish.
Hashorotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan zaharlanishning oldini olish:
Ilon, chayon va boshqa hashorotlar chaqqanida birinchi tibbiy yordam:
Giyohvandlikning sabablari, belgilari, kechish davrlari, abstinensiya holati.
Giyohvandlikning oqibati. Giyohvandning ijtimoiy qiyofasi. Giyohvandni davolash.
Tayanch iboralar:
Ro`zg`orda ishlatiladigan kimyoviy moddalar:
avtomashina moylari, poyafzal moylari;
idish va kir yuvadigan kimyoviy poroshoklar;
ovqatga ishlatiladigan ichimlik sodasi, sirka kislotasi (uksus);
ayollar sochini bo`yash uchun ishlatiladigan pergidrol, kaliy permanganat;
kley, ayniqsa “kley moment”;
uy hashorotlariga qarshi ishlatiladigan: zookumarin, margimush, rotindan, boraks kabilar.
Tinchlantiruvchi va uxlatuvchi dorilar:
elenium, seduksen, lyuminal, barbital, barbamil, fenozepam, sibazon, dimedrol, pipolfen, suprastin qabul qilganda, 30-60 minutdan keyin ko`zi qisila boshlaydi, yurganda galdiraklaydi, boshi aylanadi, yotadi va chuqur uyquga ketadi. Uyqu paytida dori ta`siri chuqurlashib, og`ir koma holati yuzaga keladi: nafasi, yuragi to`xtab qolishi mumkin;
Oilada-ro`zg`orda hashorotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar:
xlorofos, dixlofos, karbofos kabi kimyoviy zaharli moddalar
Giyohvandlik - turli xil giyoh moddalari ya‘ni, narkotiklar ta‘siriga odam organizmining o`rganib qolishi natijasida yuzaga keladigan og`ir kasallikdir.
Dostları ilə paylaş: |