Abstinensiyaning oltinchi-yettinchi kunlari bemor ruhiyatining buzilishi cho`qqisiga yetadi.U fikrlash qobiliyatini butunlay yo`qotadi, ya‘ni jinni odamga o`xshab qoladi.Shifoxona yoki uyida qamab qo`yilgan bo`lsa eshik-derazani sindirib qochishga harakat qiladi, yo`lini to`sgan yoki ushlamoqchi bo`lgan odamni qo`liga tushgan narsa bilan uradi, hatto o`ldirishdan ham toymaydi.
1. Dori va kimyoviy moddalar bilan zaharlanish, belgilari, birinchi tibbiy yordam.
Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotiga ko`ra ekologik nuqtai nazardan tashqi muhitda barcha biologik ob`yektlar (odam, hayvon, parranda, o`simlik) ga zaharli ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan kimyoviy moddalar soni XX asr oxirida 6 mln.dan oshgan. Har yili 30-40 turdagi yangi dorilar va kimyoviy moddalar amaliyotga tadbiq etiladi.
Kimyoviy moddalar bilan zaharlanish kattalarga nisbatan bolalarda ancha ko`p uchraydi.
Bolalarda ko`p uchraydigan shikastlanish va kuyishdan keyin, dori moddalar va turli xil kimyoviy moddalar bilan zaharlanish uchunchi o`rinda turadi.
Ovropa mamlakatlarida har 1000 boladan har yili o`rtacha 10 tasi zaharlanar ekan.
Bolalarning dori moddalar bilan zaharlanishi.
Birinchi o`rinda – yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda qo`llanadigan dorilar bilan zaharlanish turadi: klofelin va uning guruhiga kiruvchi arterial qon bosimini pasaytirish uchun qo`llanadigan dorilar – gemiton, rezerpin, raunatin, adelfan, atenalol, enalopril va hokazo.
- yurak sanchganda qo`llanadigan dorilar: nitroglitserin, sustak, nitrong;
- yurak yetishmovchiligida qo`llanadigan dorilar: digoksin, digitoksin, sustak.
Ikkinchi o`rinda - asab-psixik kasalliklarida tinchlantirish uchun qo`llanadigan dorilar: aminazin, galoperidol, nozepam, fenozepam, sibazon, lyuminal, barbital, barbamil, bellaspon, ayniqsa, amitriptilin, imizin, azofen kabi dorilar og`ir zaharlanishni vujudga keltiradi.
Uchinchi o`rinda - ota-onalar gripp, shamollash, angina, allergiya kasalliklarida bolalarga tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida shifokor maslahatisiz ayrim dorilarni katta dozada berishlari natijasida bolada zaharlanish yuzaga keladi. Bu dorilarga quyidagilar kiradi: atsetilsalitsilat kislota (aspirin), analgin, dimedrol, pipolfen, suprastin, efedrin kabilar.
Dostları ilə paylaş: |