Qayd raqami


Dori moddalardan zaharlanishda birinchi tibbiy yordam



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə39/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Dori moddalardan zaharlanishda birinchi tibbiy yordam.
- tez yordam chaqirib, bemorni shifoxonaning reanimatsiya bo`limiga jo`natish kerak;
- tez yordam yetib kelgunicha quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- kofein, kordiamin, adrenalin (bittasi) 1 ml teri ostiga. Bolaning yoshiga qarab – 0,2-0,3-0,4-0,5 ml;
- me`da yuviladi. Me`dani yuvish zondsiz va zond yordamida bajariladi;
- zondsiz usul, asosan katta yoshli bolalar, o`smirlar, katta odamlarda, va bemorning ahvoli og`ir bo`lmagan hollarda qo`llanadi.Bemorga iliq qaynagan suv (gazsiz mineral suv) ichirib, tilining ildizini barmoq yoki temir qoshiq dastasi bilan bosib qustiriladi. So`ngra, yana suv ichirib qustirish 2-3 marta takrorlanadi;
- me`dani zond yordamida yuvish: Bu usul yosh bolalarda va ahvoli og`ir bemorlarda bajariladi.Bu shifoxonada amalga oshiriladi;
- me`da yuvilgach bemor issiq to`shakka yotqiziladi. Shirin choy, yoki shirin kofe ichiriladi. Qo`l-oyoqlariga issiq grelka qo`yiladi;
- me`dadan ichaklarga o`tgan zaharli moddani najas bilan chiqarib yuborish uchun, bemorga surgi ichiriladi, ya`ni:
- magneziy sulfat-bolaning yoshiga qarab 5-10-20 gr 100 ml qaynatilgan iliq suvga eritib ichiriladi;
- senodeksin – kichik yoshdagi bolalarga-Ѕ tabletka, maktab yoshida-1tab., kattalarga-2 tab., 1 marta beriladi.
- furosemid yoki gipotiazid -1/2-1 tab. ichiriladi (siydik haydovchi ta`sirga ega);
- tozalovchi klizma qo`yiladi;
- agar nafas to`xtab qolsa, sun`iy nafas (og`izdan-og`izga, og`izdan- burunga);
- agar yurak to`xtab qolsa, yurak sohasi massaj qilinadi.Massaj paytida adrenalin bolaning yoshiga qarab 0,3-0,5-1ml muskul orasiga.


2.Oilada-ro`zg`orda hashorotlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalardan zaharlanish.
Keyingi yillarda oilada turmush jarayonida qo`llanadigan kimyoviy moddalarning turi ko`payib bormoqda. Ularni xatarsiz joylarda saqlash, ehtiyotkorlik bilan ishlatish tartib-qoidalariga e`tibor bermaslik tufayli zaharlanish, ayniqsa, bolalarni zaharlanish holatlari uchrab turadi.
Jumladan, hovlidagi, uydagi hashorotlarni yo`qotish uchun xlorofos, dixlofos, karbofos kabi kimyoviy zaharli moddalar ishlatiladi.Ularni ehtiyotsizlik bilan hashorotlarga purkaganda nafas orqali organizmga kirib zaharlanish holatini yuzaga keltiradi.
Belgilari. Bosh aylanadi, ko`ngil ayniydi, ko`rish xiralashadi, ter ajralishi ko`payadi, asab-psixik qo`zg`alish yuzaga keladi. Bu moddalarning hidi, tomchilari og`iz orqali me`da-ichaklarga o`tsa og`izdan, burundan shilimshiq suv oqadi, qusadi, ichi ketadi, bosh og`riydi.To`sh suyagining orqasida, qorinning yuqori sohasida og`riq kuzatiladi.
Zaharlanishning og`ir turida ko`z qorachiqlari kengayadi, yurak urishi sekinlashadi va kuchsizlanadi, muskullar bo`shashadi, arterial qon bosimi normaga nisbatan pasayadi, bemor hushini yo`qotadi, tirishadi, nafasi to`xtab qolishi mumkin.
Tibbiy yordam. 1.Tez yordam chaqiriladi.
2.Tez yordam kelguncha quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- bemor yotqizilgan xonaning derazasi ochib qo`yiladi;
- yuzlari, og`iz-burni, ko`zlari 2% li soda eritmasi bilan yuviladi (1 osh qoshiq soda 1 litr qaynatilgan suvda eritiladi);
- agar kimyoviy moddani bemor yutib yuborgan bo`lsa, me`da 2 % li soda eritmasi bilan yuviladi (yosh bola me`dasi rezina zond yordamida yuviladi. Bu shifoxonada bajariladi);
- agar bemor hushsiz bo`lsa, me`dani shifokor yuvishi kerak;
- me`da yuvilgach, karbolen 3-4 tabletka ichiriladi (bolaga 1-2 tabletka);
- so`ngra, bemor boshini baland va yonbosh qilib yotqiziladi. Qusuq moddasi nafas yo`liga ketmasligi uchun bemorni yaqinlari nazorat qilishlari kerak;
- nafas olishi qiyinlashsa yoki sekinlashib, to`xtay boshlasa, og`iz-burnidagi so`lagi rezina balloncha yordamida so`rib olingach, sun`iy nafas beriladi (og`izdan-og`izga, og`izdan-burunga);



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin