4.Ilon, chayon va boshqa hashorotlar chaqqanida birinchi tibbiy yordam: 1.Adrenalin (noradrenalin) -0,1 %-0,5-1 ml (bolaga 0,2-0,3-0,4 ml) ilon chaqqan joyning muskul orasiga in`yeksiya qilinadi.Muskul orasiga in`yeksiya qilinishiga sabab ilonning tishi chuqurlikka, ya`ni muskulga yetib boradi.
2.Boshqa hashorotlar chaqqanida adrenalin (noradrenalin) shu joyning terisi ostiga yuboriladi.
3.Og`riqni kamaytirish uchun analgin (baralgin)-1 ml va novokain 2 ml muskul orasiga yuboriladi.
4.Shuningdek, hashorot, ilon chaqqan joyning yuqoriroq sohasi novokain bilan blokada qilinadi (0,5 %-5-10 ml novokain har 1 sm oralig`ida ilon chaqqanida muskul orasiga, hashorot chaqqanida teri ostiga yuboriladi).
5.Kofein, kordiamin (bittasi) 1-2 ml teri ostiga yuboriladi.
Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanishda birinchi tibbiy yordam tartibi. 1.Tez yordam chaqiriladi va shu paytdayoq telefon orqali qanday kimyoviy modda bilan zaharlanganini aytish kerak, chunki shifokor shu bo`yicha tayyorgarlik ko`rib keladi.
2.Tez yordam yetib kelgunicha, har bir minutni tejab uy sharoitida quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- Kuydiruvchi kimyoviy moddalar bilan zaharlanishda (sirka, nashatir spirt, hashorotlarga qarshi qo`llanadigan moddalar bilan zaharlanishda): - og`riq qoldirish uchun analgin (baralgin) – 1-2 ml + novokain – 2 ml muskul orasiga;
- so`ngra bemorga sut, xom tuxum, bular bo`lmasa sovuq suv ichiriladi - 500 ml, bolaga yoshiga qarab -100-200-300 ml;
- o`simlik moyi -10-20-30-50 ml ichirish mumkin;
- kofein, kordiamin, adrenalin (bittasi)- 1 ml, bolaga 0,2-0,3-0,5 ml teri ostiga yoki muskul orasiga;
- Kislota, ishqor bilan zaharlanganda, me`dani yuvish mumkin emas, chunki qusuq modda nafas yo`liga o`tishi tufayli, uni kuydiradi va nafas olishni qiyinlashtiradi.
- Kuydirmaydigan kimyoviy moddalar va dorilar bilan zaharlanishda. Agar bemor hushini yo`qotmagan bo`lsa: - bemorga tezlik bilan vodoprovod (mineral) suv ichiriladi-500 ml, bolaga -100-200-300 ml. Suv bilan sut, xom tuxum ichiriladi;
- so`ngra, bemorni stulga o`tqazib, orqasini stul suyanchig`iga tirab, til ildizini orqasini temir qoshiq dastasi bilan bosib (katta odam o`zining ikki barmog`i bilan til ildizini bosadi) qustiriladi;
- bir-ikki minut dam oldirib, yana suv ichirib, qustiriladi. Bu 2-3 marta takrorlanadi;
- to`shakka yonbosh qilib yotqiziladi;
- oyoqlariga issiq grelka qo`yiladi, ko`rpa bilan o`raladi;
- issiq shirin choy, issiq shirin sut ichiriladi;
- tomir urishi kuchsiz, ranggi oqargan bo`lsa, kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) 1 ml teri ostiga (bolaga 0,2-0,3-0,5 ml);