Agar bemor hushini yo`qotgan bo`lsa,unga suv, sut, tuxum, moy ichirishning iloji bo`lmaydi:
- bemor boshini baland qilib, yonbosh yotqiziladi;
- kofein, kordiamin, adrenalin (bittasi) - 1-2 ml, bolalarga – 0,2-0,3-0,5 ml teri ostiga yoki muskul orasiga;
- ichaklarni tozalash uchun magneziy sulfat poroshogi 1 choy qoshiq 300-500 ml iliq suvga eritib ichiriladi, bolaga 50-100 ml ichiriladi;
- kuydiruvchi kimyoviy moddalar bilan zaharlanganda magneziy o`rniga almagel (o`simlik moyi) - 80 ml, bolaga 20-30 ml ichiriladi;
- shu jarayonda karbolen 2-4 tabletka ichiriladi.Bu me`da-ichakdagi zaharli kimyoviy moddani o`ziga biriktirib, uni zararsizlantiradi va najas bilan chiqib ketadi.
Agar kuydiruvchi kimyoviy modda teriga tushsa (to`kilsa) tezgina suv bilan yuvish kerak.
Agar kimyoviy zaharli modda gaz sifatida nafas a`zolariga kirsa, bemorni tezda toza havoli joyga o`tkazish kerak.Uni qutqazuvchi odam og`iz-burniga 4 qavatli doka bo`glashi kerak.
Agar zaharli modda bilib-bilmasdan in`yeksiya qilingan bo`lsa, yoki kuchli ta`sir qiluvchi dori katta dozada in`yeksiya qilingan bo`lsa, bu modda ta`sirini kuchsizlantirish uchun:
- in`yeksiya qilingan joyga 6-8 soat davomida muz xaltacha yoki ro`molni sovuq suvga namlab qo`yiladi.Ro`molni har 30-40 minutda sovuq suvga qaytadan namlab turish kerak;
- zaharli modda yoki kuchli ta`sir qiluvchi dori katta dozada in`yeksiya qilingan joyga zudlik bilan adrenalin (noradrenalin) 0,1%-0,5-1 ml (bolaga 0,1-0,2-0,3 ml) zaharli yoki dori modda in`yeksiya qilingan joyga teri ostiga yoki muskul orasiga yuboriladi;
- zaharli dori in`yeksiya qilingan joyning yuqori sohasi novokain bilan blokada qilinadi.Novokain 0,5 %-5-10 ml teri ostiga yoki muskul orasiga bir necha joyga yuboriladi (in`yeksiya oralig`i 1-2 sm);
- og`riqni kamaytirish uchun analgin (baralgin)-2 ml muskul orasiga yuboriladi;
- qonga so`rilgan zaharli moddani organizmdan siydik bilan chiqib ketishini tezlashtirish uchun siydik haydovchi dorilar qo`llanadi: Laziks-kattalarga 2 ml muskul orasiga (bolalarga 0,2-0,3-0,5 ml) yoki furosemid – kattalarga 1 tabletka (bolalarga ј-1/3-1/2 tabletka). Bu dorilar berilganda tez-tez mineral suv ichirish kerak. Iloji bo`lsa, natriy xlor 0,9 %, glyukoza 5 %, reopoliglyukin kabilar navbat bilan 100-200 ml vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi;
- yurak faoliyati zaiflashgan va keksa yoshdagi bemorga siydik haydovchi dorilar qo`llanmagani ma`qul, chunki siydikni ko`p miqdorda chiqarish uchun qon aylanish kuchayib, yurakni zo`riqtirishi mumkin.
Kislota xususiyatiga ega bo`lgan dorilar, ya`ni aspirin, barbituratlar (barbamil, bromural va boshqalar) bilan zaharlanganda ishqorli suyuqlik yuboriladi, ya`ni 4 %-natriy bikarbonat kattalarga 300-500-700 ml (bolalarga 50-100-200 ml) vena tomiriga tomchi usulida.