Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə45/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Uchinchi davr - giyohvandning narkotikka nisbatan nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan mu‘teligining oshishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda giyohvandlik kasalligi juda chuqurlashadi. Giyohvandning yurak, o`pka, me`da-ichak, jigar, buyrak, nerv, endokrin va boshqa a`zolarida surunkali kasalliklar yuzaga kelganligi sababli uning nafaqat aqliy, balki jismoniy ish qobiliyati ham yo`qoladi. U ozgina harakat qilsa yuragi o`ynaydi, nafasi qisadi. Giyohvand ozadi, ranglari oqaradi, kamqonlik yuzaga keladi. Giyohvandning aqliy va jismoniy ish qobiliyati butunlay yo`qoladi, u nogironga aylanadi. Bemor narkotiksiz mutloq yashay olmaydigan bo`lib qoladi. Ovqat iste‘mol qilmasa ham narkotikni topish va qabul qilishga barcha imkoniyatini sarflaydi. Lekin, birinchi va ikkinchi davrlarda narkotik qabul qilishi bilanoq bemorning ruhiy va jismoniy ish qobiliyati yaxshilangan bo`lsa, uchinchi davrda narkotik qabul qilganda ham ish qobiliyati yaxshilanmaydi. Chunki uning hamma to`qima va a`zolari narkotik bilan og`ir zaharlangani uchun bu a`zolarning faoliyati chuqur buzilgan bo`ladi. Uchinchi davrda giyohvandni davolash va sog`lomlashtirish juda qiyin bo`ladi.
Giyohvandda abstinensiya holati. Agar giyohvand o`z ixtiyori bilan yoki majburiy ravishda narkotik qabul qilishni to`xtatsa birinchi kunning oxiri va ikkinchi kunning boshida unda abstinensiya holati vujudga keladi.Abstinensiya giyohvandlikka xos bo`lgan juda og`ir kasallik holatidir. Oddiy xalq tilida aytganda o`rgangan narkotikni qabul qilmaslik natijasida giyohvandning xumori tutadi. Bu holat nafaqat giyohvandda, balki toksikomanda, nos otuvchida, tamaki chekuvchida, spirtli ichimlikni muntazam iste‘mol qilishga o`rgangan piyanistalarda ham yuzaga keladi.
Abstinensiya holati quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:
Abstinensiyaning birinchi kuni bemor tez-tez esnaydi, ko`zidan yosh oqadi, og`zidan so`lak ajralishi ko`payadi, burundan suv kelib, tez-tez aksiradi.
Abstinensiyaning ikkinchi kuni bemorning tana harorati ko`tariladi, u qaltiraydi, ko`p terlaydi, oyoq-qo`l bo`g`imlari qotib qolganday bo`lib harakatlanish qiyinlashadi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin