Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə48/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Uchinchidan, giyohvand bir necha yil davomida narkotik qabul qilishi tufayli surunkali zaharlanib, nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan ham nogironga aylanadi. Uning yurak, o`pka, jigar, buyrak, me`da-ichak kabi hayotiy muhim a`zolarida surunkali kasalliklar vujudga keladi. U ozroq harakat qilganida nafasi qisadi, yuragi o`ynaydi, lablari ko`karadi, jigar va buyrak sohalarida og`riq paydo bo`ladi. Shunday qilib, yuqorida aytilgan ruhiy nogironlikka jismoniy nogironlik ham qo`shiladi, va mehnat qilish layoqatini butunlay yo`qotadi. Hozirgi kunda giyohvandlarning aksariyati narkotikni in‘eksiya (ukol) orqali qabul qiladi. Bitta shprits va igna bilan bir necha giyohvandlar bir-birlariga in`eksiya qiladilar. Buning natijasida ularning bittasidagi yuqumli kasallik boshqalariga ham yuqadi. Shu sababdan giyohvandlar orasida OITS, yuqumli gepatit (sariq kasalligi) keyingi yillarda ko`p tarqalmoqda. Bu ham giyohvandning fojiasidir.
Statistik ma‘lumotlarga ko`ra, giyohvand narkotik qabul qilishni boshlagandan keyin ko`pi bilan 20-25 yil umr ko`radi va ko`pchilik giyohvandlar 30-40 yosh atrofida hayotdan ko`z yumadi, uning keyingi yillardagi hayoti azob-uqubatda, xor-zorlikda, ruhiy va jismoniy nogironlikda o`tadi.
Bugungi kunda butun dunyoda giyohvandlik illati tufayli turli davosiz dardlar yuzaga kelayapti. OITS (SPID), jigar sirrozi, sil, o`sma kasalliklari, me`da-ichak xastaligi va homilaning mayib-majruh tig`ilishi ham ko`proq giyohvandlarda kuzatiladi.
Giyohvandlik balosiga yo`liqib, boshi berk ko`chaga kirib qolgan iymoni, irodasi sust, o`z nafsining quliga aylangan ayrim kishilar bilan suhbatlashganimizda, bu illatning naqadar jirkanch, yovuz ekanligiga yana bir bor amin bo`lamiz.
Giyohvandning ijtimoiy qiyofasi.
Giyohvandlikka duchor bo`lgan odamning xulq-atvori, tashqi qiyofasining o`zgarishlariga qarab kasallikni o`z vaqtida aniqlab, tarbiyaviy va davolash tadbirlarini o`tkazishda quyidagi ma‘lumotlar yordam beradi.
1. Giyohvandlik yo`liga kirgan o’smirning xulq-atvori birdaniga o`zgaradi. O’qishdan ko`ngli soviydi, sababsiz dars qoldiradi, o`zlashtirishi yomonlashadi, dars paytida uxlab o`tiradi, muomalasi qo`pollashadi.
2. Ishlaydigan o`smir yoki yigit giyohvandlikka duchor bo`lsa, uning ishga qiziqishi yo`qoladi, ish qobiliyati pasaya boshlaydi, ishda xatolarga yo`l qo`yadi, sababsiz ishga kelmaydi yoki kechikib keladi, vaqtidan oldin ketadi.
3. Giyohvand cho`ntagida xaltachaga solingan ko`knor (opium) urug`i va barglari, selofan xaltaga solingan qoradori, ampulada dori, shprits va ignalar, tabletkalar bo`ladi.
4. Giyohvand o`ziga tanqidiy ko`z bilan qarash qobiliyatini yo`qotadi. Uning kiyimlari g`ijim, kir, yirtiq, soch va soqoli o`sgan, umuman tashqi qiyofasi ko`rimsiz holatda bo`ladi.
5. Aksariyat giyohvandlarning tashqi qiyofasida yoshiga nisbatan erta qarish belgilari paydo bo`ladi: terisi quruqlashgan, yuzida tirishlar, sochi rangsizlanadi, erta oqaradi va to`kiladi, tirnoqlari sinuvchan bo`lib qoladi.Terisi oqimtir sarg`ich, qovoqlari shishgan, terisida tez-tez yiringli donachalar paydo bo`ladi.
6. Narkotikni in`yeksiya qilish orqali qabul qiladigan giyohvandlarning bilak, bo`yin, oyoqning oshiq sohasidagi vena tomirlari bo`ylab terisida igna sanchilgan o`rni bo`ladi.
7. Giyohvandda ijtimoiy faollik umuman yo`qoladi.U hech narsaga qiziqmaydi.Ota-ona, aka-uka, oila, farzand muammolari uniig hayoliga kelmaydi. Uning asosiy intilishi pul topib narkotik sotib olish, uni o`z vaqtida qabul qilishdan iborat bo`ladi. Narkotik sotib olish uchun har kuni pul topish kerak. Pulni esa ishlab topa olmaydi. Shu sababli o`g`irlik, tovlamachilik qiladi. U obro`, sharm-hayo, uyalish, vijdon kabi umuminsoniy qadriyatlarni butunlay unutadi.
8. Giyohvandlar guruhi odamlar ko`zi tushmaydigan xilvat joylarda to`planib kayf qilishadi, chor-devorlarda, qurilib bitmagan binolarda, ko`p qavatli uylarning yerto`lasida, daraxtlar panasida va hokazo. Giyohvandlar guruhi to`plangan joyni chetdan turib kuzatganda vaqt-vaqti bilan kulgi, xursandchilik shovqini, urushish, so`kinish shovqinlari o`rni almashib turadi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin