Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə49/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Giyohvandni davolash. Barcha mamlakatlarda giyohvandlarni davolash uchun maxsus narkologik shifoxonalar yoki markazlar tashkil etilgan.
AQSh, Isroil, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlarning har birida o`ziga xos davolash uslubi qo`llanadi. Masalan, AQShda giyohvand bemorga u o`rgangan narkotik miqdorini asta-sekin kamaytirib davolash uslubi qo`llanadi.
Isroilning narkologik shifoxonalarida giyohvandni davolashda narkotik miqdorini kamaytirish bilan birgalikda uni mehnatga jalb etish uslubi qo`llanadi.
Tibetda budparast rohib (monax)lar bemorga tog`da o`sadigan ayrim o`tlardan damlama tayyorlab ichiradilar va bambuk daraxtidan tayyorlangan qamchi bilan maxsus usulda savalaydilar.
Bizning mamlakatimiz narkologik shifoxonalarida davolash jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Bemor abstinensiya holatidan turli xil dorilar yordamida chiqariladi.
2. Abstinensiya holatidan chiqqan bemor ruhiyatini tinchlantirishga qaratilgan tadbirlar o`tkaziladi:
3. Bemorning umumiy quvvatini tiklashga qaratilgan tadbirlar, quvvatni oshiruvchi dorilar, vitaminlar qo`llaniladi:
4. Narkotikning zaharli ta‘siri, uni qabul qilmasdan yashash mumkinligi haqidagi ma‘lumotlar suhbatlar yordamida bemor ongiga singdiriladi.
Giyohvandlikning oldini olish. Ko`pchilik olimlar, jamoat arboblarining fikricha, hozirgi kunda jahon mamlakatlarining hukumatlari va keng jamoatchilik oldida ikkita eng muhim, eng dolzarb vazifa turibdi, u ham bo`lsa insoniyatni giyohvandlik va OITS kasalligidan halos qilishdir.
Giyohvandlik har bir shaxs, oila, jamiyat taqdiri uchun eng og`ir illat ekanligini e‘tiborga olib, jahondagi barcha mamlakatlarning hukumatlari, jumladan O’zbekiston hukumati tomonidan narkotikni taqiqlash to`g`risida maxsus qonun qabul qilingan. Qonunga ko`ra, narkotik moddalarni ekish, ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish, sotish, qabul qilish man etiladi. Shuningdek, qonunda narkotikning tibbiy va ijtimoiy zarari bo`yicha aholi orasida keng miqyosda tushuntirish ishlarini olib borish har bir fuqaroning burchi ekanligi qayd etilgan.
Giyohvandlikka qarshi kurashda xalq ta‘limi, sog`liqni saqlash, huquq idoralari, ijtimoiy soha vakillari, yoshlar tashkilotlari va keng jamoatchilik hamkorlikda ishtirok etishlari lozim. Giyohvandlikning oldini olish maktabdan boshlanishi zarur. Chunki keyingi yillarda giyohvandlik maktab yoshidagi bolalar va o`smirlar orasida keng tarqalmoqda. Masalan, Rossiyada keyingi 10 yilda katta yoshdagi giyohvandlar orasida o`lim 12 marta ko`paygan bo`lsa, giyohvand bolalar va o`smirlar orasida 42 marta ko`paygan. Shu sababli Rossiya Davlat Dumasi 1998 yilning oxirida «Rossiyada bolalar va o`smirlar orasida narkomaniya va toksikomaniyaning oldini olishning shoshilinch tadbirlari bo`yicha» qaror qabul qilgan. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish maxsus komissiyasini tashkil etgan.
Bolalar va o`smirlar orasida giyohvandlikning oldini olish masalasi avvalo ular ongida sog`lom turmush tarzini shakllantirishni talab etadi. O`sayotgan yosh avlod o`z sog`lig`ining naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ongli ravishda tushunishi kerak.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin