Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə53/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Endemiya. Qandaydir yuqumli kasallikning ma'lum bir chegaralangan hududda, ya'ni ko'cha, mahalla, qishloq, tuman, shahar aholisi orasida bir necha yillar davomida vaqti-vaqti bilan har yili, yoki har 2-3-5 yilda takrorlanib, tarqalib turishi. Masalan, qorin tifi, brutsellyoz, bezgak, gepatit va boshqa kasalliklar.
Epidemiya. Qandaydir yuqumli kasallikning viloyat, respublika miqyosida bir paytning o'zida tarqalishi. Masalan, gripp, OIV va boshqa kasalliklar.
Pandemiya. Qandaydir yuqumli kasallikning bir necha mamlakatlarda bir paytning o'zida keng miqyosda tarqalishi. Masalan, gripp, OIV, vabo va boshqa kasalliklar.
Immunitet.Odam organizmining yuqumli kasallikka berilmaslik xususiyati, ya'ni organizm o`z-o`zini yuqumli kasallikdan himoyalash xususiyatidir.
Immunitet xususiyati hamma odamlarda bir xil bo'lmaydi. Birovda 1-2 ta, birovda 3-4 va undan ko`proq yuqumli kasallikka qarshi immunitet bo'lishi mumkin. Tez-tez kasallanadigan, uzoq muddat davom etgan kasallik tufayli zaiflashgan, uzoq muddat og`ir mehnat tufayli o'ta charchagan, ovqatning sifati yaxshi bo`lmagan odamda immunitet umuman bo'lmasligi, yoki avval bo`lgan immunitet organizm zaiflashganligi tufayli yo'qolishi mumkin.Bunday odamlar turli xil yuqumli kasalliklarga tez beriluvchan bo`ladilar.
Immunitet turlari.
Immunitet 2 turga bo`linadi:
1.Tug`ma immunitet - onadan bolaga beriladi.Lekin bu immunitet bolaning birinchi yoshidayoq, hatto birinchi oylardayoq o'z kuchini yo'qotadi.
2.Odam hayoti davomida orttirilgan immunitet. Bu immunitet o'z navbatida ikki turga bo'linadi:
a) orttirilgan tabiiy faol immunitet. Odam biron bir yuqumli kasallik bilan xastalanib tuzalgandan keyin, uning tanasida ana shu yuqumli kasallikni qo'zg'atadigan mikrob (virus) ga qarshi hosil bo`ladi. Buning natijasida bu odam butun umri davomida ana shu yuqumli kasallik bilan hech qachon takror kasallanmaydi. Masalan: qizamiq, nizomiq, qora chechak, tepki, bo'g'ma, ko'kyo'tal kabi yuqumli kasalliklar bilan odam faqat bir marta kasallanishi mumkin. Lekin, ta'kidlash lozimki, hamma yuqumli kasalliklarning mikrob (virus) lariga qarshi immunitet hosil bo'lavermaydi. Masalan, gripp, ichburug', sarg'ayma va boshqa kasalliklar bilan kasallanib, tuzalgan odamda bu kasallik mikrobi, virusiga qarshi immunitet hosil bo'lmaydi. Shu bois, odam bu kasalliklar bilan takror kasallanishi mumkin.
b) orttirilgan sun`iy faol immunitet. Sog`lom odamni (asosan bolalarni) qandaydir yuqumli kasallikni qo`zg`atuvchi mikrob (virus) ga qarshi maxsus tayyorlangan vaksinalar bilan emlash natijasida, sun`iy usul bilan immunitet hosil qilinadi.
O`zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda chaqaloq tug'ilganining birinchi kunidan boshlab, to 16 yoshgacha bo`lgan sog` o`smirlar 9 xil yuqumli kasalliklarga qarshi jadval bo`yicha maxsus tayyorlangan vaksinalar bilan emlanadi.
Bu kasalliklar quyidagilar: l.Virusli gepatitning B turiga qarshi; 2.Silga qarshi; 3.Poliomiyelitga qarshi; 4.Difteriya; 5.Qoqshol; 6.Ko'kyo'talga qarshi; 7.Qizamiqqa qarshi; 8.Nizomiqqa qarshi; 9.Epidemik parotit (tepki) ga qarshi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin