To`rtinchi o`rinda - spazmofiliya, epilepsiya, isteriya kabi tirishish bilan kechadigan kasalliklarda qo`llanadigan dorilar bilan zaharlanish turadi: finlepsin, tegretal, benzonal, difenin, siklodol, ramparkin kabilar.
Bolalarning ro`zg`orda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan zaharlanishi.
Bu moddalarga quyidagilar kiradi:
avtomashina moylari, poyafzal moylari;
idish va kir yuvadigan kimyoviy poroshoklar;
ovqatga ishlatiladigan ichimlik sodasi, sirka kislotasi (uksus);
ayollar sochini bo`yash uchun ishlatiladigan pergidrol, kaliy permanganat;
kley, ayniqsa “kley moment”;
uy hashorotlariga qarshi ishlatiladigan: zookumarin, margimush, rotindan, boraks kabilar.
Dori va kimyoviy moddalar bilan zaharlanish belgilari.
1.Kimyoviy moddalar (benzin, kerosin, mashina va poyabzal moylari), dori moddalarni og`iz orqali qabul qilganda oradan yarim-bir soat o`tgach qorinning yuqori, o`rta sohasida og`riq, ko`ngil aynish, qusish, bosh aylanish seziladi.
2.Qabul qilingan kimyoviy modda, dori moddaning o`ziga xos ta`siri bo`lib, shunga xos maxsus belgilar paydo bo`ladi:
- tinchlantiruvchi va uxlatuvchi dorilar: elenium, seduksen, lyuminal, barbital, barbamil, fenozepam, sibazon, dimedrol, pipolfen, suprastin qabul qilganda, 30-60 minutdan keyin ko`zi qisila boshlaydi, yurganda galdiraklaydi, boshi aylanadi, yotadi va chuqur uyquga ketadi. Uyqu paytida dori ta`siri chuqurlashib, og`ir koma holati yuzaga keladi: nafasi, yuragi to`xtab qolishi mumkin;
- Gipertoniya kasalligida qon bosimini pasaytirish uchun qo`llanadigan, klofellin, adelfan, raunatin kabi dorilarni qabul qilish natijasida zaharlanganda arterial qon bosimi normaga nisbatan juda pasayadi: rangi oqaradi, boshi aylanadi, yurak urishi kuchsizlanadi, aritmiya yuzaga keladi, ya`ni yurak to`xtab-to`xtab uradi;
- Yurak sanchganda qo`llanadigan nitroglitserin, sustak, nitrong, valokardin (karvalol) kabilar bilan zaharlanganda arterial qon bosimi normadan juda ko`p pasayishi tufayli bosh aylanadi, yurak to`xtab-to`xtab uradi (aritmiya yuzaga keladi).
Dostları ilə paylaş: |