Qayd raqami


Angina. Tanglay-tomoq sohasida joylashgan bodomsimon limfa bezlarining yallig‘lanish kasalligi. Sababi



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə25/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Angina. Tanglay-tomoq sohasida joylashgan bodomsimon limfa bezlarining yallig‘lanish kasalligi.
Sababi. Sovuq ichimlik va taomlar iste’mol qilish, gripp, qizamiq, qizilcha, bo`g`ma kasalliklarining belgisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Belgilari. Angina 4 turda uchrashi mumkin: kataral, follikulyar, lakunar, flegmonoz.
- kataral anginada tanglay-tomoqning shilliq pardasi va bodomsimon bezlar qizaradi, yutinganda og‘riydi;
- follikular anginada bodomsimon bezlar qizaradi, kattalashadi, ularning ustida moshdek, no‘xatdek yiring pufakchalari paydo bo‘ladi, tana harorati ko‘tariladi;
- lakunar anginada bodomsimon bezlar kattalashadi, qizaradi, ularning oralig‘ida yiring paydo bo‘ladi, tana harorati ko‘tariladi;
- flegmonoz anginada bodomsimon bezlarning ustki qismida yaralar paydo bo‘ladi, ularning atrofidagi to‘qima yiringlaydi, kasallik og‘ir kechadi, jag‘ osti limfa bezlari kattalashadi, og‘riydi, tana harorati ko‘tariladi.
Tibbiy yordam.
1.Bemor ko‘rpa-to‘shakka yotqizilishi kerak;
2.Bemorga suyuq, yumshoq taomlar beriladi;
3.Furatsillin 1 tabletka yoki 1 choy qoshiq osh sodasi 200 ml qaynagan iliq suvga eritilib, tomoq chayqaladi.Yosh bolada temir qoshiq dastasiga o‘ralgan bintni eritmaga namlab tomoq artiladi.
4.Bo‘yin sohasiga (jag‘ ostiga) isituvchi kompress qo‘yiladi;
5.Antibiotiklardan ampitsillin, ampioks, flegmonoz anginada-sefazolin, karbenitsillin, gentamitsin, klaforan (bittasi) muskul orasiga kuniga 2-3 marta.
6.Tana harorati ko‘tarilganda:
- badanga spirt yoki aroq surtiladi;
- panadol, paratsetamol, analgin, baralgin (bittasi) kuniga 2 marta ichishga;
- tana harorati 380 dan yuqori bo‘lsa analgin-1-2 ml, dimedrol-1ml, novokain- 0,5 % -1-2 ml bitta shpritsda muskul orasiga.
O’tkir gastrit - me`da shilliq qavatining o‘tkir yallig‘lanishi.
Sababi. Buzilgan taomlarni iste’mol qilish, zaharli kimyoviy moddalar bilan zaharlanish.
Belgilari. Buzilgan taom iste’mol qilganda, zaharli kimyoviy moddani bilib-bilmay qabul qilingandan so‘ng 1-2 soat o‘tgach ko‘ngil ayniydi, qayt qiladi, qorinning yuqori sohasida og‘riq paydo bo‘ladi.


Tibbiy yordam.
1.Zudlik bilan me`dani yuvish kerak. Buning uchun uy sharoitida bemor 1 % soda eritmasini 500 ml ichadi, so‘ngra uning o`zi til ildizini barmoq yoki temir qoshiq dastasi bilan bosib qayt qiladi.Yuvish 2-3 marta takrorlanadi. Bu suyuqlikni og‘iz yoki burundan zond orqali yuborilib me`dani yuvish ham mumkin.
2. Me`da yuvilgach bemor to‘shakka yotqiziladi, qorin sohasiga issiq grelka yoki isituvchi kompress qo‘yiladi.
3. Qorinda og‘riq bo‘lsa no-shpa, platifillin tabletkalaridan bittasi beriladi. Ko‘ngil aynish davom etganda serukal (reglan) 1 tabletka ichishga.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin