Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə66/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Oldini olish. Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, kemiruvchilarni yo'qotish.
Brutsellyoz. Bo`g`imlarning yallig`lanib shishishi, jigar, taloq, buyrak kabi ichki a`zolarning yallig`lanishi va kattalashishi, tana haroratini ko'tarilishi bilan surunkali kechadigan yuqumli zoonoz kasallik.
Sababi. Kasallikni brutsella mikrobi qo'zg'atadi. Bu mikrob qaysi hayvonlar tanasida ko'payishi va undan odamga yuqishiga ko'ra kasallikning quyidagi 3 ta turi bo`ladi:

  1. Echki va qo'ylardan yuqadigan brutsellyoz;

  1. Qora moldan yuqadigan brutsellyoz;

  1. Itdan yuqadigan brutsellyoz, (bu juda kam uchraydi).

Kasallik odamlarga asosan qo'y, echki, qora molning go'shti, suti, juni va terisidan yuqadi.
Mikroblar kirgan joyning to'qimasidan limfa tomirlariga o`tib, limfa tugunlarini yallig`lantiradi. So'ngra qonga o'tib, jigar, taloq, suyaklarning ko`mik qismiga, bo'g'imlarga va boshqa to'qima - a'zolarga tarqaladi.
Belgilari. Brutsellyoz 3 turda kechadi:

  1. O'tkir brutsellyoz. 2. O'tkir qaytalovchi brutsellyoz; 3. Surunkali faol brutsellyoz;

1.O`tkir brutsellyoz. Mikrob yuqqanidan bir haftadan ikki oygacha yashirin davri o`tgach, tana haroratining 39-40 darajaga ko'tarilishi bilan boshlanadi. Harorat bir haftadan to'rt haftagacha davom etishi mumkin.Bu davrda bemor varaja qiladi, ko'p terlaydi. Sinchiklab tekshirilganda bo'yin, qo`ltiq osti, chov sohasidagi limfa tugunlarining hajmi bir sm gacha kattalashgani aniqlanadi. Davolash natijasida o`tkir brutsellyoz bilan kasallangan bemor to`lig`icha tuzalishi mumkin. Ammo, ayrim hollarda bemor to`lig'icha tuzalmaydi, ya'ni o'tkir brutsellyoz kasallikning o'tkir qaytalovchi turiga aylanishi mumkin.
2.O'tkir qaytalovchi brutsellyozda kasallik vaqti-vaqti bilan qo'zg`alib va paysal topib kechadi. Kasallik qo'zg'aganda tana harorati ko'tariladi, bo'g'im va muskullarida og'riq bo`ladi, 3-4 kundan keyin bemorning ahvoli yaxshilanadi, lekin 1-1,5 oy o'tgach shu holat yana takrorlanaveradi.
O`tkir qaytalovchi brutsellyozning har 1-1,5 oyda qaytalanishi tufayli bemorda intoksikatsiya holati yuzaga keladi, ya'ni umumiy quvvatsizlik, kamqonlik, bosh og`rishi, uyquning buzilishi, muskul, suyak, mayda bo'g'imlarda og'riq bo`ladi. Shuningdek, bemorning mayda bo'g'imlarining yallig`lanishi, ayollarda endometrit (bachadon ichki shilliq qavatining yallig'lanishi), miokardit, endokardit, perikardit, plevrit, gepatit, meningit va boshqa a'zolarning yallig`lanishi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin