Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə74/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Venoz qon ketishi - oqayotgan qon to‘q qizil rangda bo‘lib, jarohatdan pastga qarab bir tekisda sekin oqishi.
Kapilyar qon ketishi - teri ostidagi, to‘qimalar orasidagi mayda (kapillyar) qon tomirlardan to‘q qizil rangli qon sizib oqishi.
Parenximatoz qon ketishi - jigar, taloq, buyrak, o‘pka va boshqa parenximatoz a’zolarning shikastlanishi tufayli undagi mayda (kapillyar) tomirlardan qon oqishi.
Qon guruhlari - qonning eritrotsitlari tarkibida agglyutinogеn A va B, plazmasi tarkibida agglyutinin α va β moddalarining bo’lish kombinatsiyasiga qarab, to’rt guruhga bo’linishi.
Rеzus omil (Rh) -qonning eritrotsitlarida agglyutinogеn A va B dan tashqari, yana bir modda bo’lib, 85 % odamlar qonida bo’ladi va ular rеzus musbat qonli (Rh+) dеb ataladi,15 % odamlarning qonida bu omil bo’lmaydi va ular rеzus manfiy, (Rh-) qonli odam dеb ataladi.
Qon quyish - og’ir shikastlanganda va ko’p qon yo’qotilganda uzoq davom etadigan og’ir kasalliklarda bеmorni davolash uchun qon quyish kеrak bo’ladi.
Qon ketishi. Tashqi zarba ta’sirida tomirlar shikastlanishidan qon oqishi sodir bo‘lishiga qon ketish deyiladi. Tashqi zarbalar mexanik, fizik va kimyoviy bo‘lishi mumkin.
Mexanik - kesilish, sanchilish, urilish, qirilish, tilinish, tishlangan va o‘q tegishi.
Fizik - radiatsiya nurlaridan zararlanish, kuyish.
Kimyoviy - kislota va ishqorlardan zararlanish.
Qon ketishining turlari. Shikastlangan tomirlar turiga ko‘ra arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz qon oqishlar tafovut qilinadi.
Arterial qon ketishida - oqayotgan qon och qizil rangda bo‘lib, uzilib-uzilib, juda tez fontanga o‘xshab, yuqoriga qarab otilib oqadi.
Venoz qon ketishida - oqayotgan qon to‘q qizil rangda bo‘lib, jarohatdan pastga qarab bir tekisda sekin oqadi.
Kapilyar qon ketishida - teri ostidagi, to‘qimalar orasidagi mayda (kapillyar) qon tomirlardan to‘q qizil rangli qon sizib oqadi.
Parenximatoz qon ketishida - jigar, taloq, buyrak, o‘pka va boshqa parenximatoz a’zolarning shikastlanishi tufayli undagi mayda (kapillyar) tomirlardan qon oqadi. Tomirdan sizib chiqqan qon to‘qima orasiga va bo‘shliqlarga quyiladi (to‘planadi).
Belgilari. Tomirdan chiqqan qonning tashqariga yoki tana to‘qimalarning bo‘shlig‘iga oqishiga ko‘ra tashqi va ichki qon ketishlar kuzatiladi. Bemor ko‘p qon yo‘qotgan bo‘lsa, bosh aylanish, ko‘z oldi qorong‘ilashuvi, og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, madori qurishi va boshqalardan shikoyat qiladi. Terining rangi oqaradi, tomir urishi susayadi, tana harorati pasayadi, nafasi tezlashadi, arterial qon bosimi pasayadi.
Qon ketishida tibbiy yordam.
1.Qon oqishini quyidagi usullar yordamida to‘xtatiladi:
- tananing qon oqayotgan sohasini yuqoriga ko‘tarish;
- shikastlangan tomirning yuqorisidan barmoq bilan bosib turish;
- bo‘g‘imlarni bukib turish (tirsak, tizza);
- jgut bog‘lash (oyoq-qo‘lni qon ketayotgan sohasining yuqori qismiga);
- qon ketayotgan sohaga sovuq suvda namlangan sochiq, ro‘mol yoki muzli xaltacha qo‘yish.
2. Jarohatni zararsizlantirish. Ochiq shikastlanishda qon oqishi to‘xtagach, jarohat quyidagicha zararsizlantiriladi: avval toza sovuq suv bilan jarohat qo‘l tekkizmasdan yuvilib, so‘ngra antiseptik moddalar bilan yuviladi, atrofiga yod, spirt surtiladi, toza bog‘lam bog‘lanadi, lozim bo‘lsa, taxtakach qo‘yiladi.
3. Bemor yotqiziladi, issiq choy, kofe, issiq ovqatlar ichiriladi.
4. Yuqoridagi shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgach, bemorni shifohonaga yuborish uchun tez yordam kelgunicha, quyidagi tibbiy yordam muolajalari o‘tkazilishi mumkin:
- qon oqishini to‘xtatuvchi dorilar (vikasol, ditsinon, kalsiy glyukonat yoki kalsiy xlor va hokazo).
- yurak va nafas olish faoliyatini yaxshilovchi dorilar (kofein, kordiamin, kamfora, adrenalin, eufillin) teri ostiga, muskul orasiga, qon tomiriga yuboriladi.
- glyukoza 40% - 2,0 ml, askorbin kislota 5% - 2,0 ml vena tomiriga yuboriladi.
Burundan qon ketishi.
Sabablari. Mahalliy o‘zgarishlar (shikastlanish, tirnalish, burun to‘sig‘ida yara bo‘lishi, shuningdek organizmning umumiy kasalliklari - qon kasalliklar, yurak-tomir, yuqumli kasalliklarda kuzatilishi mumkin.
Belgilari. Burun teshigi orqali, qon tashqariga oqadi, burunning orqa tomoni orqali oqayotgan qon tomoq-halqum, qizilo‘ngach, medaga hatto nafas olish a’zolari ichiga tushishi mumkin.
Tibbiy yordam. 1.Bemorni stulga o‘tqazish, uni belini stul suyanchig‘iga suyab qo‘yish.
2.Boshini biroz oldinga va pastga tomon engashtiriladi.
3.Bemorning o‘zi yoki yordam ko‘rsatuvchi bosh va ko‘rsatkich barmoqlari yordamida burunni qisishi.
4.Sochiq yoki ro‘molchani sovuq suvda namlab burunni qisib turgan barmoqlar ustidan yopib qo‘yish.
5. Shu vaziyatda 8-10 minut ushlab turish, so‘ngra barmoq olinganda qon oqmasa, u to‘xtagan bo‘ladi. Agar barmoq olinganda qon yana oqa boshlasa, burunni barmoqlar bilan qisgan vaziyatda transportga o‘tqizib, bemor shifohonaning LOR bo‘limiga jo‘natiladi.
Qon va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar quyish.
Yo‘qotgan qon o‘rnini to‘ldirish, qonning ivish xususiyatini oshirish, to‘qimalarni qon bilan ta’minlash, oqayotgan qonni to‘xtatish, davo va boshqa maqsadlarda qon va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar yuboriladi. Qon bevosita va bilvosita yo‘l bilan quyiladi.
Bevosita usulda qon donordan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorga quyiladi.
Donorning qoni shpritsga olinib, uni yonida yotgan bemorga shu vaqtning o‘zidayoq shprits yordamida yuboriladi.
Bilvosita usulda oldindan donordan olib flakonlarda tayorlab qo‘yilgan qon bemorga qo‘yiladi. Qon quyishda qon guruhi va rezus omili mosligiga ahamiyat berish lozim.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin