Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə77/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Tayanch iboralar


Kuyish.Yuqori harorat, kimyoviy moddalar, nurlar ta’sirida shikastlanishdir.
Sababi. Qaynoq suv, olov, yonib turgan gaz, bug‘, kislota, ishqor, quyosh nuri, radioaktiv nurlar.
Belgilari. Kuyish to‘rt darajada bo`ladi:
I-daraja - teri qizaradi, shishadi, achishadi, og`riydi;
II-daraja - kuygan terida har-xil kattalikdagi ichida tiniq suyuqlik bo‘lgan pufakchalar hosil bo‘ladi;
III-daraja - teri va uning ostidagi to‘qimalar qorayadi (nekrozlanadi). Bemor ahvoli og`ir bo`ladi;
IV-daraja - teri va teri ostidagi to‘qimalardan tashqari muskul, suyak ham qorayadi.Bemor ahvoli o`ta og`ir bo`ladi.
Kuygan joydagi nerv tolalaridan o`tadigan og`riq impulslari markaziy nafas va yurak-qon tomirlarining miyadagi nerv markazlari faoliyatini buzilishiga olib keladi. Natijada qon tomirlari devorining o`tkazuvchanligi oshib, qonning suyuq qismi to`qimalarga o`tadi va qon quyuqlashadi, uning tomirlarda harakatlanishi qiyinlashadi. Kuygan to`qimalarda hosil bo`lgan zaharli moddalar qonga o`tib, organizmni zaharlaydi.
III- IV-darajali kuyish tufayli yuzaga keladigan og`ir kasallik holati uch davrda kechadi:
1.Kuyish tufayli og`riq natijasida bemorda yuzaga keladigan shok holati.
2.Kuygan to`qimadan zaharli moddalar va mikroblarni qonga o`tishi tufayli,toksikoseptik holat yuzaga keladi.
3.Bemorni sog`ayishi yoki hayotdan ko`z yumishi.
III- IV-darajali kuyish tufayli yuzaga keladigan shok holati.
Shok holati ikki davrda kechadi:
- Shokning eriktil davri. Bunda bemor bezovtalanadi, oyoq-qo`llarini tipirchilatadi. Ko`p gapiradi, alaklaydi. Tomir urishi tezlashadi, arterial qon bosimi biroz kutarilgan bo`ladi;
- Shokning torpid davri. Bemorda harakatlar so`nadi, u qimirlamay yotadi, savolga javob bera olmaydi, terisi oqaradi, tomir urishi kuchsiz, arterial qon bosimi pasayadi.
Bemorning toksikoseptik holati. Bu davr kuyish sodir bo`lganidan 1-2 kun o`tgach boshlanadi. Intoksikatsiya (zaharlanish) natijasida tana harorati ko`tariladi, nafas olish qiyinlashadi, o`pkada pnevmoniya, yurakda miokardit kasalliklari yuzaga keladi. Tomir urishi tezlashadi, arterial qon bosimi pasayadi. Bemor karaxt holatida qimirlamay yotadi. Terisi oqaradi, qo`l-oyoqlari sovuq bo`ladi.
Uchinchi davr - kuyish juda og`ir bo`lsa, shok va toksikoseptik holatidan chiqmay bemor hayotdan ko`z yumadi. Yoki o`z vaqtida ko`rsatilgan sifatli tibbiy yordam natijasida bemor tuzaladi. Ammo, kuygan soha terisida jarohatning o`rni qoladi.
Tibbiy yordam. 1. I darajada kuygan joy qo‘l tekkizmasdan sovuq suv bilan yuvib, spirt (aroq, odekolon) surtiladi, kun davomida bir necha marta oksiklozol, pantinol, levian kabi aerozollardan bittasi sepib yoki surtib turiladi.
2. II darajada kuygan joy sovuq suv bilan yuvilgach, spirt (aroq, odekolon) surtilib, bo‘shgina aseptik bog‘lam qo‘yiladi (pufakchalarni yorish, yog‘, vazelin surtish mumkin emas).
- og‘riq qoldiruvchi dorilar:analgin (baralgin), demidrol, novokain qo‘shib muskul orasiga yuboriladi;
- bemorni issiq ko`rpaga o`raladi, issiq choy, kofe ichiriladi;
- yurak-tomir ishini yaxshilovchi dorilar: kofein, kordiamin, kamfora (bittasi)-1 ml teri ostiga;
- birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgach bemor (I-II-daraja) poliklinikaning jarroh yoki travmotolog shifokoriga yuboriladi.
3. III-IV darajali kuyishda tez yordam chaqirilib bemor zudlik bilan travmatologiya shifoxonasiga yuboriladi. Tez yordam kelgunicha, quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- og‘riq qoldiruvchi dorilar: analgin (baralgin)-1-2 ml,demidrol-1ml, novokain-2-3 ml muskul orasiga;
- yurak-tomir ishini yaxshilash uchun kofein, kordiamin, kamfora (bittasi)-1 ml teri ostiga;
- bemorning kuygan kiyimlari qaychi bilan kisib olinadi (yechintirish qiyin). So`ngra ustiga toza choyshab yopiladi (prostina).

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin