Qayd raqami


SUYAK SINISHI, TURLARI, BO`G`IMLAR CHIQISHIDA TIBBIY YORDAM



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə80/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

SUYAK SINISHI, TURLARI, BO`G`IMLAR CHIQISHIDA TIBBIY YORDAM. SHOK. TERMINAL HOLATLAR. YURAK - O’PKA REANIMATSIYASI.


Reja:
1.Suyakning yopiq sinishi
2.Suyakning ochiq sinishi
3.Bo‘g‘im chiqishi
4.Travmatik, gemorragik va kardiogen shok
5.Toksikoinfeksion va anafilaktik shok


Tayanch iboralar


Suyak sinishi - tashqi kuch ta’sirida suyak butunligining buzilishidir.
Suyakning yopiq sinishi - teri butunligi buzilmay, og‘riq, harakat faoliyatining buzilishi, teri ostiga, to‘qimalar orasiga qon quyilishi bilan namoyon bo’ladigan holat.
Suyakning ochiq sinishi - teri butunligi buzilib, terining jarohatidan qon oqishi, harakat buzilish, singan suyak uchi teri jarohatidan ko‘rinib turishi bilan namoyon bo’ladigan holat.
Bo‘g‘im chiqishi - ikki suyak bo‘g‘im yuzasining bir-biridan siljishidir.
Shok - markaziy nerv tizimi, qon aylanish, nafas olish, moddalar almashinuvi tizimlari funksiyasini buzilishi tufayli yuzaga keladigan nihoyatda og`ir, hayot uchun xavfli kasallik holati.
Travmatik shok - mexanik ta`sirlar: urilish, yiqilish, transport hodisalari, kuyish(termik kuyish, kimyoviy kuyish), elektr toki ta`siri, sovuq ta`sirida markaziy nerv tizimi, qon aylanish, nafas olish, moddalar almashinuvi tizimlari funksiyasini buzilishi tufayli yuzaga keladigan nihoyatda og`ir, hayot uchun xavfli kasallik holati.
Gemorragik shok - jarohatlanish yoki qon kasalligi natijasida ko`p qon yo`qotish bilan karaxt holatida bo`lishi, yoki hushini butunlay yo`qotishi, teri oqarib, qo`l-oyoqlari sovib, ko`z qorachiqlari kengayib, nafas olish tez, yuzaki, tomir urishi kuchsiz, tezlashgan, arterial qon bosimi pasaygan, siydik ajralishi to`xtab o`tkir buyrak yetishmovchiligi vujudga keladigan holat.
Kardiogen shok - miokard infarkti kasalligining og`ir kechadigan turida vujudga keladigan holat.
Toksikoinfeksion shok - mikrob va viruslar yuqishi natijasida o`pka to`qimasining yallig`lanishi (pnevmoniya), buyraklarning yallig`lanishi (piyelonefrit), ichaklarning yallig`lanishi (salmonellyoz, botulizm, ich terlama, ichburug`), abortni septik sharoitda bajarilishi tufayli bachadonning yallig`lanishi (endometrit) kabi og`ir kasalliklarda vujudga keladigan holat.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin