Qayd raqami


Elektr tokidan shikastlanish



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə79/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Elektr tokidan shikastlanish. Sababi. Xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik, elektr toki bilan ishlaydigan asboblarning nosozligi va boshqalar.
Belgilari. Tok urgan joy terisi kuyadi, bemor hushini yo‘qotadi, nafas, yurak to‘хtashi mumkin.
Tibbiy yordam. 1.Odamni tokdan ajratish. Buning uchun yordam ko‘rsatuvchi o‘ziga nisbatan ehtiyot choralarini ko‘rish kerak (quruq tayoq, rezina qo‘lqop, rezin etik yoki kalish kiyish va hokazo).
2.Tez yordam chaqiriladi.U kelgunicha, quyidagicha tibbiy yordam ko`rsatiladi:
- kofein, kamfora, kordiamin (bittasi) teri ostiga;
- nafas to‘xtagan bo‘lsa, sun`iy nafas beriladi (og‘izdan-og‘izga yoki og‘izdan-burunga);
- yurak to‘хtagan bo‘lsa, yurak massaj qilinadi (1 marta nafas berganda yurak 4-5 marta massaj qilinadi).
- bemor hushiga kelganidan keyin terining kuygan jarohati aroq yoki spirt bilan artilib, toza bog‘lam qo‘yiladi.
- birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqirilib, bemor travmatologiya shifoхonasiga yuboriladi.
Suvga cho‘kish. Sababi. O‘zini suvga tashlab joniga qasd qilish, boshqa kishi tomonidan suvga itarib yuborish, mastlik holatlari, cho‘milish qoidalariga rioya qilmaslik, cho‘milish havzalarini nazoratsiz qoldirish va hokazo.
Cho`kkan kishini suvdan olib chiqilganda, unda quyidagi belgilar bo`lishi mumkin:
- teri oqaradi, ko‘karadi, qaltirash, sovqotish, holsizlanish, og‘iz va burundan suyuqlik kelishi, hushini yuqotishi, nafas va yurak to‘xtashi mumkin, ko‘z qorachigining kengayishi, qon bosimining pasayishi kabilar.
Tibbiy yordam. 1.Bemorni suv ostidan olib chiqilgach nafas yo‘llariga kirgan suyuqlikni chiqarish uchun oyog‘idan ko‘tarib silkitiladi. Agar yordam beruvchi bir kishi bo‘lsa tizzasiga bemorni qornini qo‘yib, boshini past qilinadi.Og‘iz va burundagi suv, ko`pik ro‘molcha bilan tozalanadi, yoki rezina baloncha bilan so‘rib olinadi.
2.Teri ostiga kofein, kamfora, kordiamin (bittasi)-1 ml in`yeksiya qilinadi.
3.Nafas to‘xtagan bo‘lsa, sun’iy nafas beriladi. Yurak to‘xtagan bo‘lsa, u massaj qilinadi.
4.Tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida tez yordam chaqiriladi yoki to`gri kelgan transportda bemor travmatologiya shifoxonasiga yuboriladi.


Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin