Ochiq shikastlanish yoki jarohatlanish.Teri yoki shilliq pardalar butunligi buzilib, tashqariga qon ketishiga jarohatlanish deyiladi.
Sababi. Kesilish, shilinish, qirilish, sanchilish, chopilish, kuyish, tishlanish, o‘q tegish kabilar.
Jarohat- aseptik (infeksiya tushmagan) va septik (infeksiya tushgan) bo`lishi mumkin.
Belgilari.Jarohatdan qon oqishi, shu sohada og‘riq va shish paydo bo‘lishi, harakat faoliyatining buzilishi kuzatiladi.
Tibbiy yordam. 1.Qon ketishini to‘xtatish. Buning uchun:
a) agar jarohat bosh, yuz, tana, sohalarida bo‘lsa, qon oqayotgan tomir barmoq bilan bosib turiladi (bosishdan oldin barmoqqa sport surtiladi);
b) barmoq ustidan shu joyga sovuq suvda namlangan sochiq yoki muzli xaltacha qo‘yiladi;
c) agar qon qo‘l-oyoqdan oqayotgan bo‘lsa, tirsak, tizza bo‘g‘imlarini bukish, barmoq bilan qon tomirini bosish, jgut bog‘lash yo‘llari bilan qon oqishini to‘xtatiladi.
2.Qon oqishi to‘xtagach jarohat qo‘l tekkizilmasdan,l toza sovuq suv bilan, so‘ngra margansovka, rivanol, furatsilin eritmalarining birontasi bilan yuviladi.
3.Jarohat atrofiga yod surtiladi.
4.Toza (steril) bog‘lam qo‘yiladi.
5.Suyak singan yoki chiqqan bo‘lsa, immobilizatsiya qilinadi (taxtakach qo‘yib bog‘lanadi).
6.Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqirilib, bemor travmatologiya shifoхonasiga yuboriladi. Shifoxonada bemorga mutaxassis shifokor ko‘rsatmasiga asosan qoqsholga qarshi zardob yuboriladi. Qoida asosida davolash tadbirlari o‘tkaziladi.
QON KETISHI, TURLARI, TIBBIY YORDAM.
Reja: 1. Jarohatlanish.
2. Arterial,venoz, kapilyar va parenximatozqon ketishi.
3.Qon guruhlari.
4. Rеzus omil.
5. Qon quyish.
Tayanch iboralar Qon ketishi - tashqi zarba ta’sirida tomirlar shikastlanishidan qon oqishi.
Arterialqon ketishi - oqayotgan qon och qizil rangda bo‘lib, uzilib-uzilib, juda tez fontanga o‘xshab, yuqoriga qarab otilib oqishi.