Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə70/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Jarohatlanish - teri yoki shilliq pardalar butunligi buzilib, tashqariga qon ketishi.


Antiseptika - jarohatga tushgan mikroblarga qarshi kurashishdir. Antiseptikaning mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullari bo`ladi:
1.Mexanik usul - jarohatning atrofi toza suv bilan yuviladi, uning nobud bo`lgan to‘qimalari kesib olib tashlanadi;
2.Kimyoviy usul - jarohat yod, spirt, lyugol, vodorod peroksidi, margansovka, furatsilin, rivanol kabi dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar bilan yuviladi, ular jarohat atrofiga surtiladi;
3.Fizik usul - ultrabinafsha, kvarts va boshqa nurlar bilan jarohat maydoniga ta’sir qilinadi;
4.Biologik usul - antibiotiklar, antitelasi bor zardoblar jarohatga sepiladi.
Aseptika – barcha tibbiy muolajalarda qo‘llaniladigan tibbiy asboblar va buyumlar, ya`ni skalpel, qaychi, shprits, igna, xalat, maska, qo‘lqop, choyshab, bint va boshqa asbob, buyum hamda jihozlarni mikroorganizmlardan zararsizlantirshdir.
Aseptika uch usulda amalga oshiriladi:
1.Mexanik usul - qoqish, changini artish, yuvish yordamida zararsizlantirsh;
2.Fizik usul - qaynatish, bug‘lash, ultrabinafsha, kvarts nurlari ta`sirida zararsizlantirsh;
3.Kimyoviy usul – 70-90є lik etil spirti, sulema, lizol va boshqa dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar bilan yuvish, ular ichiga ma`lum vaqtga botirib qo`yish yordamida zararsizlantirsh.
Shikastlanish (jarohatlanish). Tashqi zarba ta’sirida odam tanasi to‘qimalarining butunligi va ish faoliyati buzilishidir.
Sabablari. 1.Mexanik sabablar: avtotransport hodisalari, yiqilish, urilish, chopilish, tirnalish, o`q tegish, sanchilish, kesilish.
2.Fizik sabablar: kuyish, sovuq urish, elektr tokidan shikastlanish, nurlar ta`siri.
3.Kimyoviy sabablar: kislota, ishqorlar ta`siri.
Shikastlanish turlari. Shikastlanish 2 turda bo`ladi:
a) Yopiq shikastlanish.
b) Ochiq shikastlanish.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin