Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə98/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Tibbiy yordam: Bola chaqaloqlik davridan boshlab umr bo`yi psixonevrolog shifokor nazoratida davolanadi.
Siam egizaklari. Egiz homilalar tanasi ona bachadonida bir-biriga yopishib qolgan holda rivojlanadi va yopishgan holda tug`iladi.Bir-biriga yopishgan holatda tug`ilgan egizaklarga tibbiyotda siam egizaklarlari deb nom berilgan.
AQSh ning Korolina shtatida 1986 yilda ikki nafar qiz egizaklar bir-biriga yopishgan holatda tug`ilgan.Ular bir yoshdan oshganida operatsiya qilingan.Tug`ilganda ikkalasi uchun ikkitagina oyoq bo`lgan.Tanasini ajratilganda, har birida bittadan oyoq qoldirilgan.Ular 3 yoshga kirganida ikkalasiga ham protezdan oyoq yasab o`rnatilgan (protez oyoqni xohlagan paytda olib, yana qo`ysa bo`ladi).
Tug`ma lab tirtig`ligi va tanglayning teshik bo`lishi. Operatsiya yo`li bilan davolanadi.
Yurakning tug`ma poroklari (norasoliklari).
Bularning o`ndan ortiq turi bor. Asosan murakkab operatsiya yordamida norasoliklar bartaraf etiladi.
Chanoq-son bo`g`imining tug`ma displaziyasi va chiqishi.
Chanoq-son bo`g`imining tug`ma displaziyasi va chiqishi har 100 nafar chaqaloqdan bittasida uchraydi. Qiz chaqaloqlarda bir necha marta ko`p uchraydi.Xastalik bir tomonlama va ikki tomonlama bo`lishi mumkin.Bu kasallik haqida ilk ma`lumotlarni eramizdan avval yashagan Yunoniston tibbiyot olimi Gippokrat yozgan. Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida bu nuqsonga alohida o`rin berilgan.
Displaziya - bu chanoq-son bo`g`imining chiqishdan oldingi holati bo`lib, homilada chanoq-son bo`g`imi qismlarining noto`g`ri o`sishi va noto`g`ri shakllanishi tufayli yuzaga keladi.
Ona-momolarning tajribasizligi oqibatida displaziya bilan tug`ilgan chaqaloqni qattiq yo`rgaklash, beshikka tang`ib bog`lash, ayniqsa, ko`krak yoshidagi bolaning raxit kasalligida ehtiyot qilmaslik tufayli, son suyagini tashqariga va yuqoriga siljishi natijasida son suyagining to`la chiqish holati yuzaga keladi.Bu jarayon og`riqsiz kechadi.Shu bois o`z vaqtida aniqlanmaydi va kasallik tobora murakkablasha boradi.
Chanoq-son bo`g`imi chiqishi belgilari.
1.Tizza bo`g`imida bukilgan holatdagi oyoqni tanadan uzoqlashtirish cheklangan (qiyinlashgan) bo`ladi.
2.Son ichki sathidagi teri burmalari past-baland joylashadi, ular bir-biriga to`g`ri kelmaydi.
3.Bolani orqasida oyoqlarini uzatib yotqizganda, ikkala bo`g`im ham chiqqan bo`lsa, ikkala oyoq ham tashqariga burilgan holatda bo`ladi. Bir tomon chiqqan bo`lsa, bo`g`im chiqqan oyoq tashqariga burilib turadi.
4.Bir tomonlama chiqqanda bir oyoq ikkinchisiga nisbatan kalta bo`ladi.
Yuqoridagi belgilardan birontasi chaqaloqda yoki ko`krak yoshidagi bolada aniqlansa, albatta ortoped-vrachga murojaat qilish kerak.
Uch oylikkacha ultratovush apparati yordamida, uch oylikdan keyin rentgenografiya usuli bilan diagnoz aniqlashtiriladi.
Tibbiy yordam. 1.Displaziya va chanoq-son bo`g`imining yarim chiqish holatida maxsus moslamalar yordamida bolaning oyog`iga “baqa” holati beriladi.
2.Bo`g`im to`liq chiqqan bo`lsa, son suyagi joyiga solinib, gipsli boylam qo`yiladi. Gips qismasligi, og`ritmasligi kerak.
3.Bu usul yordam bermasa, jarrohlik usuli qo`llanadi.Operatsiyadan keyin bola 8-12 oy oyog`iga bosmaydi va 16-18 yoshgacha ortoped-travmatolog nazoratida bo`lishi kerak.
4.Operatsiyadan keyin bola tuzalgunicha jismoniy mashq, uzoq vaqt o`tirib ishlash, yuk kutarish, chopish, sakrash kabilarda qatnashmasligi kerak.
5.Suzish, velosipedda sekin yurish tavsiya etiladi.
6.Yuqoridagi tartib qoidalarning buzilishi, bo`g`im artroziga olib keladi (bog`im qotib qoladi).
Bolalarda sil (tuberkulyoz) kasalligi.
Sababi. Sil yuqumli kasallik bo‘lib, uni sil tayoqchasi qo‘zgatadi. Infeksiya bemordan havo-nafas, idish-tovoqlar, o‘yinchoqlar, sochiq orqali yuqadi. Shuningdek, kasallangan hayvon go‘shti va suti orqali ham yuqishi mumkin.
Bola ovqatining sifatsiz bo`lishi, tez-tez shamollashi, kamqonlik, ichburug‘ va boshqa ichak kasalliklari bilan tez-tez xastalanishi organizmni zaiflashtirib, mikroblarning ko`payishiga sharoit yaratadi.
Belgilari. Nafas yo‘llari orqali yuqqan mikroblar o‘pkaning tomir (darvoza) qismida joylashib, shu sohadagi o`pka to`qimasini va limfa tugunlarini yallig‘lantiradi. Natijada bolada sil bronxoadeniti yoki birlamchi sil kompleksi deb ataluvchi kasallik holati yuzaga keladi.
Bolaning ishtahasi pasayadi, rangi siniqadi, asta-sekin ozadi, kechalari ko‘p terlaydi. Uning bo‘yin, qo‘ltiq osti, chov sohasidagi limfa tugunlari mosh, no‘xat, loviya hajmida kattalashadi, lekin og`rimaydi. Tana harorati kechalari 37-37,5є gacha ko‘tariladi.Bunga subfebril harorat deyiladi, ya`ni haroratning yuqori darajadan past degan ma`noni bildiradi. Tana haroratining subfebril bo`lishi bolada sil kasalligining asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
Bolaga sil kasalligi yuqqanini aniqlash (tashhis qo`yish) uchun yuqorida qayd etilgan belgilar sezilishi bilanoq Mantu sinamasi qo‘yiladi. Buning uchun bolani silga qarshi dispanseriga olib borish kerak.
Mantu sinamasi musbat natija bersa, bolaning o‘pkasi flyurografiya yoki rentgenografiya tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Tibbiy yordam. Sil kasalligi yuqqan bola shahar yoki tumanning silga qarshi dispanserida ro‘yxatiga olinib, vaqt-vaqti bilan davo tadbirlari o‘tkaziladi.
Oldini olish. 1.Barcha chaqaloqlar hayotining 2-5 kunida tug‘ruqxonada sil kasalligiga qarshi emlanadilar. Takror emlash (revaksinasiya) bolaning 7 yoshida (1-sinfda) va 14-15 yoshida (8-sinfda) o`tkaziladi.
2.Bolalar poliklinikasida, bog‘cha va maktablarda bolalar muntazam ravishda sil kasalligiga tekshirib turiladi.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin