Qayd raqami


FANNING AMALIY MASHG’ULOTLARI ISHLANMASI



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə99/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

FANNING AMALIY MASHG’ULOTLARI ISHLANMASI


BEMORNING SHAXSIY GIGIYENASI.
(teri, soch, tirnoq, ko'z, quloq, og'iz va burun bo’shlig'i parvarishi).
BEMORNING KO'RPA TO'SHAGI VA KIYIMI GIGIYENASI. YOTOQ YARA.


1-lsh. Og'ir holatdagi bemor terisini parvarish qilish.
Jihozlar: Iliq suv yoki dezinfeksiyalovchi eritmalar (rivanol, furatsilin, xloramin, kaliy permanganat eritmasi), sochiq, tog'ora, bint, tajriba olib boruvchi manba, rasm, jadval.
Ishni bajarislt tartibi:
l.Iliq suv yoki dezinfeksiyalovchi eritmaga ho'llab siqib olingan sochiq yoki bint bilan bemor terisi artiladi.
2.Nam sochiq bilan artilgan soha, keyin quruq yumshoq sochiq yoki marli bilan artiladi.
3.Bemorni ko'rpa to'shagi, kiyimlari tekislanadi.
2-Ish. Bemor sochini parvarish qilish.
Jihozlar: Iliq suv, tog'ora, shampun, sovun, taglik, qaychi, katta va mayda tishli taroq, sochiq, ro'mol, rasm, jadval.
Ishni bajarislt tartibi:
1 .Bemor yotgan kravatning bosh tomoni biroz ko'tariladi.
2.Bemor boshi ostiga taglik to'shalib, uning ustiga tog'ora qo'yiladi.
3.Boshni orqaga biroz egiltirilib, sochni iliq suv bilan namlanadi va shampun bilan yuviladi.
4.So'ngra, sochlari quruq sochiq bilan artilib, katta tishli taroq bilan orqaga, ya'ni sochning uch qismidan ildiziga qarab, so'ngra mayda tishli taroq bilan oldinga, ya'ni soch ildizidan uchi tomon taraladi. Sochni o'sgan joylari qaychi bilan qiyiladi.
5.Undan keyin soch yana quruq sochiq bilan artilib, bemorni boshi ro'mol bilan o'rab qo'yiladi.
3-Ish. Bemor tirnog`ini parvarish qilish.
Jihozlar: Qaychi, iliq suv, sovun, vazelin, bint, tajriba o'tkazuvchi manba, rasm, jadval.
Ishni bajarislt tartibi:
1.Bemor qo'li yoki oyog'i iliq suvda yuvilib, tirnoqlari qaychi yordamida ehtiyotkorlik bilan olinadi.
2.Qo'l-oyoq barmoqlarining tirnoqlari olingach, yana iliq suv bilan sovunlab yuvilib, quruq sochiq bilan artiladi
3.Yorilgan yoki tirnalgan joylar bolsa, vazelin surtilib yengil massaj qilinadi.
4.Olingan tirnoqlar axlat to'kiladigan yashikka tashlanadi.
4-Ish. Bemor ko'zini parvarish qilish.
Jihozlar: Iliq suv, paxta (bint) 1 % borat kislotasi, 3 % albutsid eritmasi, malhami, tomizgich, rasm, jadval.
Ishni bajarish tartibi:
l.Har kuni ertalab, bemor uyqudan uyg'onganda yuz-qo'llarini yuvish paytida ko'zlarini ham yuvadi.
2.Kipriklari bir-birga yopishib qolgan bo'lsa, bemor kipriklarini iliq suvda namlangan bint yoki paxta bilan ko'zning tashqi tomonidan ichki tomoniga qarab artiladi.
3.Agar ko'z yoshlansa, qizargan bo'lsa, yiringlasa 1 % borat kislotasi bilan yuvgandan keyin, 3% albusid eritmasidan tomizgich yordamida 2-3 tomchi tomiziladi. Buning uchun barmoq yordamida pastki qovoqni pastga tortib, ko'zning tashqi tomoniga dori tomiziladi.
5-Ish. Bemorni quloqlarini parvarish qilish.
Jihozlar: Paxta, bint, latok, iliq suv, 3% vodorod peroksidi, 0,1% kaliy permanganat eritmasi, rezina balloncha, sochiq, rasm.
Ishni bajarish tartibi:
1.Bemorni qulay vaziyatda stul suyanchig'iga suyanib o'tiradi yoki joyida yonbosh bo`lib yotadi.
2.Uning qulog'iga 3-4 tomchi 3%li vodorod peroksidi tomizilib, zond uchiga bint yoki paxta o'rab quloq ichiga sekinlik bilan kiritiladi va uni aylanma harakatlantirish yordamida quloq ichi yog'simon sariq (sera) moddadan tozalanadi.
3.Agar quloq ichida yog'simon sariq (sera) moddasi ko'p bo'lsa yoki yiring oqsa tozalash quyidagi tartibda bajariladi:
a)Rezina balloncha (jan'ye shpritsi)ga och pushti rangda eritilgan 0,1% kaliy permanganat yoki 3 % vodorod peroksidi eritmasi to'ldirilib, quloq ichi yuviladi va bint bilan artiladi.
b) Buning uchun bemor stulga suyantirib o'tqaziladi. O'tirish mumkin bo'lmagan og'ir holatdagi bemorning yuviladigan qulog'i-pastki tomonga qaratilib, bemor kravat qirrasiga yonbosh yotqiziladi.
e) Quloq suprasi orqa va yuqori tomonga tortiladi. So'ngra, ballonchadagi suyuqlik bosim bilan quloq ichiga yuboriladi.
d) Quloqdan oqib chiqadigan suyuqlik uchun ostiga loviyasimon idish (lotok) tutib turiladi.
f) Yuvilgandan keyin quloqga 2-3 soat davomida quruq yumshoq paxta tiqib qo'yiladi.
6-Ish. Og'iz bo'shlig'i va tishlar parvarishi.
Jihozlar: Iliq suv, paxta, pintset, 3% borat kislotasi, bint, tish pastasi, tish shyotkasi, sochiq, jadval.
Ishni bajarish tartibi:
1.Qisqich uchiga o'ralgan paxtani 3% borat kislotasi eritmasi yoki iliq suvga botirib, og'iz bo'shlig'i vatishlar tozalab artiladi.
2.Iloji bo'lsa tish pastasi va tish shyotkasi bilan tishlar tozalanadi.
3.Olinadigan sun'iy tishlar bo'lsa, olinib yuviladi va keyin joyiga o'rnatiladi.
4.So'ngra, og'iz bo'shlig'i iliq suv yoki 3% borat kislotasi bilan ikki marta chayqaladi.
7-Ish. Burun bo'shlig'ini parvarish qilish.
Jihozlar: Vazelin, paxta (bint), shisha tayoqcha, sochiq, jadval.
Ishni bujarish turtibi:
l.Bemor boshi orqaga engashtirilib, shisha tayoqcha (quruq chup) ga paxta o'rab yoki bintni vazelin moyiga botirib, burun ichiga surtiladi.
2.So'ngra, shisha tayoqcha (quruq chup) ni aylanma harakatlantirish yordamida burun ichi qatqaloqlardan tozalanadi.
8-Ish. Bemor ko'rpa-to'shagi gigiyenasi
Jihozlar: Kravat, matros, ko'rpa, 2 ta yostiq, choyshab, ko'rpa jildi, yostiq jildi, sochiq, rasm.
Ishni bujarish tartibi:
1.Matros qoqib, yumshatilib kravotga to'shaladi.
2.Uning ustidan choyshab tekislanib to'shaladi.
3.Ko'rpa jildiga kiritilib, matros va choyshab ustidan yopiladi.
4.Pastdagi yostiqni pastki qirrasi, yuqoridagi yostiqning pastki qirrasidan 10 sm pastda turishi kerak (Bu bo'yinni egilib, bo'yin umurtqalarini egrilanishining oldini oladi).
5.Matrosning qo'pol, qalin choklari bo'lmasligi, uning ustidan to'shalgan choyshabning burmalari bo'lmasligi kerak. Chunki, ular bemorning umurtqa pog'onasi, ko'krak, bel-dumg'aza sohalarida, shuningdek oyoq-tovonlarida yotoq yara hosil qilishi mumkin.
9-Ish. Bemorni kiyimini almashtirish.
Jihozlar: Toza ichki ko'ylak, uzun ichki ishton, sochiq, sovun, suv, mavzuga oid ko'rgazmali qurollar.
Ishni bujarish tartibi:
1.Ichki kiyimni almashtirishda hamshira yoki kichik tibbiyot xodimi qo'lini bemor dumg'azasi tagiga kiritadi.
2.Ko'ylak etagini bint shaklida o'rab bo'ynigacha olib kelinadi.
3.So'ngra ko'ylak yoqasini bemor boshidan chiqarib, avval sog' qo'l yengi, keyin shikastlangan (og'rigan) qo'l yengi chiqariladi.
4.Ko'ylakni kiydirishda yechishga nisbatan aksincha harakatlar bajariladi, ya'ni avval bemorning shikastlangan (og'rigan) qo'l yengi kiydiriladi.
5.So'ngra, sog` qo'l yengi, ko'ylak yoqasi boshga kiydiriladi.
6.Ko'ylakning etaklari tekislanib, bemor tanasining pastki qismlariga tushiriladi.
7.Burmalar hosil bo'lmasligi kerak.
10-Ish. Yotoq yara va uning oldini olish.
Jiliozlar: 2 ta yostiq, paxta, spirt, bint, 5% yod, 1% briliant ko'ki, vazelin, chambar, sochiq, suv, sovun.
Ishni bajarish tartibi:
l.Kun davomida bemorni chap yoki o'ng tomoniga navbat bilan yotqizilishi kerak.
2.Uning tagiga to'shalgan choyshablarning burmalari bo'lmasligi kerak.
3.Ertalab va kechqurun bemorning ko'rpaga tiraladigan sohalari terisi (bel, dumg'aza, tovon) spirt yoki aroq bilan artilib, vazelin surtiladi.
4.Ayrim hollarda bemorning dumg'aza sohasiga rezina aylanasi (chambar)ni yumshoq ko'rpa yoki matoga o'rab qo'yiladi.


Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin