Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə107/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Traxeit va bronxit kasalligida tibbiy yordam
Traxeit - kekirdak shilliq qavatining yalliglanishi.
Bronxit - bronxlar shilliq pardasining yallig'lanishi.
Bu kasalliklar ko'pincha birga uchraganligi tufayli traxeobronxit deb yuritiladi.


Belgilari.Og'riqli yo'tal, shilimshiq balg'am ajralishi, nafas olishni qiyinlashuvi, tovushning o`zgarishi, tana haroratini ko'tarilishi, darmonsizlik.
Tibbiy yordam.
Bemor uy sharoitida davolanishi mumkin.
- choynakdagi qaynoq suvga bir qoshiq ichimlik sodasi solinadi, uning
bug`idan bemor chuqur nafas olib chiqaradi (5-10 minut davomida);
- tog'oraga issiq suv solib, 3-4 dona gorchichnik tashlanadi va bemor oyog'i vanna qilinadi (tog'ora bilan bemor oyog'i ustiga ko`rpa yoki adyol yopiladi).
- bemor kuragi ostiga gorchichnik yoki banka qo'yiladi.
- yo'talga qarshi altey, termopsis, bromgeksin, libeksin, tusupreks, mukaltin tabletkalaridan birontasi kuniga 2-3 mahal ichiriladi.
- bemorga salqin, sovuq, achchiq, sho'r ichimlik va ovqatlar berilmaydi;
- bemorning harorati ko'tarilganda aspirin, panadol, paratsetamol tabletkalaridan birontasi ichiriladi yoki analgin 50 % 1-2 ml, 1 %-1 ml dimedrol va 0,5 %-1-2 ml novokain birgalikda muskul orasiga yuboriladi.
Zotiljam (pnevmoniya) kasalligida tibbiy yordam.
O`tkir pnevmoniya (zotiljam)-o'pka to'qimasining o`tkir yallig'lanishidir.
Zotiljamni kelib chiqishida mikroblar (pnevmakokk), viruslar va adenoviruslar, strepto – stafilakokkli tayoqchalari sabab bo`ladi.
Kasallikning belgilari. Bemorni quruq yo'tal, aksirish, lanjlik, burun bitishi, tana haroratini ko`tarilishi, nafas olish yuzaki va tez bo`lishi, kasallik to`satdan boshlanadi, harorat +39-400 gacha ko`tariladi. Bemor ko`p terlaydi, ishtahasizlik, og`ir holatlarda nafas faoliyatining buzilishi kuzatiladi.
Tibbiy yordam.
1.O`tkir zotiljam bilan og`rigan bemorni shifoxonaga (terapiya bo`limiga) yotqiziladi.
2. Antibiotiklar, sulfanilamidlar, fizioterapevtik muolajalar tavsiya etiladi.
3. Parvarish va parhezga amal qilinadi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin