Qayd raqami


yurak - tomir kasalliklarida tibbiy yordam



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə110/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

yurak - tomir kasalliklarida tibbiy yordam


Mashg`ulotning maqsadi:
1. Yurak-tomir tizimi a`zolarining qisqacha anatomiyasi, fiziologiyasi va kasalliklari bilan tanishtirish.
2. Amaliy mashg`ulotni bajarish.
3. Mavzuga taalluqli jadvallar, tablitsa, plakat, rasm va mulyajlar, dori-darmonlar (kordiamin, korglyukon, strafantin, korvalol, kofein, riboksin, panangin) va yordamchi jihozlarni ko`rsatib tushuntirish.


Ishni bajarish tartibi:
Revmatizm va yurak kasalliklariga - revmatizm, stenokardiya, miokard infarkti kabi kasalliklar kiradi.
Revmatizm kasalligida tibbiy yordam.
Revmatizm - biriktiruvchi to'qimalarning o'zgarishi natijasida yurak-tomir, tayanch-harakat, nerv tizimining zararlanishi bilan kechadigan infeksion - allergik kasallikdir. Bu xastalik asosan, bolalik davrida boshlanadi. Revmatizmni bod kasalligi deb yuritiladi. Bod kasalligi 6-15 yoshgacha bo`lgan bolalarda kuzatiladi.
Angina, tonzillit, gaymorit, otit, kasallangan tishlar revmatizmni paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.
Revmatizm avj olganda bemorning tana harorati oshadi, u lanj, holsiz bo`lib qoladi, yurak sohasida bo`g`imlarda og`riq paydo bo`ladi. Revmatizm ko`p hollarda bo`g`imlarni va yurak klapanlarini zararlashi mumkin. Shuning uchun ham revmatik poliartrit bilan ko`pincha asoratlanadi. Bunda bemor bolaning tirsak, bilak, yelka, tizza, oshiq, qo'l va oyoq panjalaridagi bo'g'imlar qizarib, shishib chiqadi. Og'riq ko'chib yuruvchi tusni oladi. Agar yurak-tomir tizimining zararlanishi va yurak muskul qavatini yallig`lantirish bilan kechganda kasallik belgilari yanada murakkablashadi.
Tibbiy yordam.
Revmatizmni o`tkir davrida shifoxonaga yotqizish, yotish rejimi buyuriladi. 4 hafta davomida tuzsiz parhez, asetilsalitsilat kislota, butadion indomitasin, antibiotik va vitaminlar beriladi. Etadin forte tabletkasi (400 mg) 2 martadan ichishga, vitaminlar guruhidan B1-B6, trimol 1 tabletkadan 2 marta og`riqni kamaytirish va yallig`lanishiga qarshi beriladi. Tromba Acc (yangi aspirin guruhi) 1 tabletkadan 2 marta beriladi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin