O’tkir gastrit - me`da shilliq qavatining o‘tkir yallig‘lanishi.
O’tkir kolit – yo‘g‘on ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi.
Ovqatdan zaharlanish - stafilakokk, enterakokk, protey kabi mikroblar bilan zararlangan va kimyoviy moddalar bilan zaharlangan taomlarni iste'mol qilish tufayli qusish va ich ketish bilan kechadigan kasalliklar.
Pandemiya - qandaydir yuqumli kasallikning bir necha mamlakatlarda bir paytning o'zida keng miqyosda tarqalishi.
Pankreatit – me`da osti bezining yallig‘lanish kasalligi.
Parenximatozqon ketishi - jigar, taloq, buyrak, o‘pka va boshqa parenximatoz a’zolarning shikastlanishi tufayli undagi mayda (kapillyar) tomirlardan qon oqishi.
Parhez taomlar - kasallik turiga qarab beriladigan ovqatlar bo’lib, ular 15 ta parhez stoliga bo`linadi.
Patau sindromi - 13-nchi xromasomaning mutatsiyasi natijasida yuzaga keladigan irsiy kasallik.
Pay va muskullarning cho‘zilishi - shikastlangan sohada kuchli og‘riq, shish, harakatning susayishi, bo‘g‘im sohasiga qon quyilishi, shu soha shaklining o‘zgarishi kuzatiladigan holat.
Piyelonefrit.Buyrak to‘qimasi va buyrak jomining birgalikda yallig‘lanish kasalligi.
Plevrit – o‘pkalar ustini qoplab turuvchi plevra pardasining yallig‘lanishi.
Pnevmoniya (zotiljam) – o‘pka to‘qimasining yallig‘lanishi.
Poligen nasl kasalliklari - chaqaloqda va bolalik davrlarida namoyon bo`lmaydigan qandli diabet, ateroskleroz, gipertoniya, glaykoma, shizofreniya va boshqa irsiy kasalliklar.
Prostatit- erkaklarda prostata bezining yallig‘lanish kasalligi.
Psixasteniya nevrozi - tinch-totuvligi bo`lmagan, vahimalar bilan yashaydigan oilalarning bolalarida uchraydi.
Qaltiroq (Tiki) - tez-tez hayajonlanish, qo`rqish, gripp, angina, tish, gijja, revmatik xoreya va boshqa kasalliklarning asorati tufayli, bolalarda uchraydigan asab buzilishi bilan bog`liq bo`lgan tartibsiz harakat qilishlar.