O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QARSHI INNOVATSION TA’LIM UNIVERSITETI
Ro‘yxatga olindi № BD60110500-2-08 «____» ___________ 2023 yil
“TASDIQLAYMAN”
Rektor __________ L. Raxmonov
2023 yil “___” _________
TIBBIY BILIM ASOSLARI
FANIDAN
O`QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi:
100000 – Ta’lim
Ta'lim sohasi:
110000 – Ta’lim
Ta'lim yo‘nalishi:
60110500 – Boshlang‘ich ta’lim
Qarshi – 2023 yil.
ANNOTATSIYA
Ushbu o‘quv uslubiy majmua “Tibbiy bilim asoslari” fanidan yaratilgan bo‘lib, unda fanning tayanch ma’ruza matnlari, fanning amaliy mashg’ulotlari ishlanmasi, mustaqil ta’lim mashg’uloti mavzulari, dasturiy savolnoma, glossariy, fan dasturi, ishchi fan dasturi, testlar, baholash mezonlari, tarqatma materiallar jamlangan.
O‘quv-uslubiy majmuadan mazkur sohadagi o‘qituvchilar, aspirantlar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar, qiziquvchilar va boshqalar ham foydalanishlari mumkin
Tuzuvchi: B. Jovliyev - katta o’qituvchi
Taqrizchilar: I.N. Cho’liyev - QITU, Biologiya fanlari nomzodi.
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua QITU Pedagogika va xorijiy tillar kafedrasining
2023 yil, ___- __________, 1- sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: K. Marqayev
Fanning ishchi o’quv dasturi Innovatsion ta’lim fakulteti kengashida
muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya etilgan
(2023 yil, ___- __________, 1-sonli bayonnoma).
Fakultet dekani: __________ X. Botirov “Kelishildi”
Akademik ishlar departamenti boshlig’i ____________
B. Jovliyev
MUNDARIJA:
T/R
O’UM BO’LIMLARI
BET
1
Fanning tayanch ma’ruza matnlari……………………………………….
5
1.1
Dorilarning shakli, odam organizmiga ta`siri, qo`llash usullari.
5
1.2
Bemor parvarishining ahamiyati va usullari.
9
1.3
Sog‘liq va kasallik haqida tushuncha. Nafas olish a‘zolari kasalliklari.
15
1.4
Revmatizm va yurak kasalliklari.
20
1.5
Ovqat hazm qilish va siydik- tanosil tizimi kasalliklari.
23
1.6
Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish. Giyohvandlik. Toksikomaniya
30
1.7
Infeksiyaning tarqalish yo’llari va ularni zararsizlantirish usullari. Immunitet. Ichak infeksiyalari.
Ovqat hazm va siydik - tanosil a'zolari kasalliklarida tibbiy yordam.
107
2.8
Siydik-tanosil a`zolari kasalliklarida tibbiy yordam.
111
2.9
Nerv-endokrin tizimi kasalliklarida va kimyoviy moddalardan zaharlanishda tibbiy yordam.
113
2.10
Immunitet va emlash. Dezinfeksiya. Dezinseksiya. Deratizatsiya.
117
2.11
Suyak sinishi, bo‘g‘im chiqishida tibbiy yordam.
121
2.12
Bog‘lam qo‘yish, turlari, ahamiyati.Tananing turli sohalariga bog`lam qo`yish.
122
2.13
Reanimatsiya va og' riqsizlantirish.
124
2.14
Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash.
126
2.15
Bolalarda ko`rish, eshitish o`tkirligi va tana muvozanatini aniqlash
129
3
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari topshiriqlari …………………………… ……………
135
4
Dasturiy savolnoma………………………………………………………………….
151
5
Glossariy…………………………………………………………………………….
155
6
Ilovalar…………………………………………………………………………………
161
6.1
Fan dasturi……………………………………………………………………………………
161
6.2
Ishchi fan dasturi (Sillabus)………………………………………………………………
168
6.3
Testlar…………………………………………………………………………………………
178
6.4
Baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar ………………………
6.5
Tarqatma materiallar …………………………………………………………………………
FANNING TAYANCH MA’RUZA MATNLARI Dorilarning shakli, odam organizmiga ta`siri, qo`llash usullari. Reja: 1. Dorishunoslik fani va dorixona haqida tushuncha.
2. Dori moddalarning shakllari.
3. Dori moddalarini odam organizmiga yuborish yo‘llari.
4. Dorilarning zaharliligi darajasi bo‘yicha bo‘linishi.
5. Ayrim kasalliklarda qo`llanadigan dorilar:
Tayanch iboralar: Farmakologiya dorishunoslik fani.
Dorishunoslik fani dori moddalarning olinishi, ishlab chiqarilishi, odam organizmiga ta’sirini o‘rganuvchi fan.
Dorixona (yunoncha-Apotheca-ombor) so‘zidan olingan bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli muassasadir.
Qattiq dori shakli: kukun, tabletka, draje, kapsula, granula.
Suyuq dori shakli: damlama, qaynatma, ekstrakt, nastoyka, emulsiya, suspenziya, ampula va flakonlarda chiqadigan suyuq dorilar.
Yumshoq dori shakli: malham, shamcha, pasta, liniment.
Dori moddalarning odam organizmiga:
mahalliy ta’siri - organizm to‘qima yoki a’zosining dori qo‘llangan joyiga ta’sir ko‘rsatadi.
rezorbtiv ta’siri - dori qon orqali so‘rilib organizmga umumiy ta’sir ko‘rsatadi.
reflektor ta’siri - qo‘llangan dori retseptorlarni qo‘zg‘atishi orqali ta’sir ko‘rsatadi.
nojo‘ya ta’sir - qo‘llangan dori organizmga foydali ta’siri bilan birga ayrim to‘qima va a’zolarga nojo‘ya (zararli) ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Isitmani tushuradigan va og‘riqsizlantiradigan dorilar.
Yurak kasalliklarida qo‘llanadigan dorilar:
Gipertoniya kasalligida qo‘llanadigan dorilar:
Arterial qon boismi pasaygan (gipotoniya) da qo‘llanadigan dorilar:
Mikroblarga qarshi qo‘llanadigan dorilar.
Zamburug (mikoz) larga qarshi ta’sir etuvchi dorilar:
Ichak kasalliklarida qo`llanadigan dorilar:
Antiseptik va dezinfeksiyalovchi moddalar.
1. Dorishunoslik faniva dorixona haqida tushuncha. Farmakologiya dorishunoslik fani degan ma’noni bildiradi. Dorishunoslik fani dori moddalarning olinishi, ishlab chiqarilishi, odam organizmiga ta’sirini o‘rganuvchi fan.
Dorixona. Dorixona (yunoncha-Apotheca-ombor) so‘zidan olingan bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli muassasadir. Dorixonaning asosiy vazifasi aholini va davolash muassasalarini dori moddalari bilan ta’minlashdir.Dorixonada dori moddalar retseptlarga muvofiq tayyorlanadi. Bundan tashqari dorixonada retseptsiz beriladigan tayyor dorilar ham sotiladi. Dorixonada bemorlarni davolash jarayonida ishlatiladigan buyumlar, mineral suvlar, bog‘lov materiallari, ko‘zoynaklar va shu kabilar chakana mollar sifatida sotiladi.
Dorixonalarning ikki turi bo‘ladi:
Birinchisi - ochiq turdagi dorixonalar (xo‘jalik hisobidagi), bularda vrach yozib bergan retsept orqali beriladigan hamda retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiy asboblar, buyumlar sotiladi.
Ikkinchisi- yopiq turdagi dorixona bo‘lib, shifoxonada tashkil etiladi va shifoxonada davolanayotgan bemorlarni dori moddalari bilan ta’minlaydi. Bu dorixonalarda shifoxona, davolash maskani shifokorlari buyurtmasi bo‘yicha dori tayyorlanadi.