Tayanch iboralar: Bemorni parvarish qilish - davolanishning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanib, bemor ahvolini yengillashtirishga, sog'ayishiga ishonch hosil bo`lishiga imkon beradi.
Maxsus parvarish - muayyan kasalliklar, ya’ni jarrohlik, ginekologik, urologik, stomatologik va boshqa kasalliklar bilan og'rigan bemorlarda olib boriladi.
Umumiy parvarish - kasalliklar xarakteriga aloqador bo`lmagan hollarda o'tkaziladigan tadbirni o'z ichiga oladi (ichki kasalliklar, ko'z kasalliklari va boshqa).
Tana haroratini o'lchash -tibbiy termometr yordamida qo'ltiq yoki chov sohada o`lchanib, uning me’yori 36,2° - 36,8°C bo`ladi.
Isitma - tana haroratining me’yordan ko'tarilishi bo’lib, haroratning ko'tarilishiga gipertermiya, pasayishiga gipotermiya deyiladi.
Arterial qon bosimi -qonning tomirlar devoriga ko'rsatgan bosim kuchidan yuzaga keladi. Uning me’yori maksimal arterial bosim 110-130 mm, minimal arterial bosim 70-80 mm, simob ustuniga teng.
Gipertoniya - arterial qon bosimining me’yorga nisbatan ortishi.
Gipotoniya - arterial qon bosimining me’yorga nisbatan pasayishi.
Tomir urishi, yoki puls - qon tomirlari devorining ritmik ravishda to'lqinlanib turishi.
Taxikardiya - tomir urishining tezlashuvi
Bradikardiya - tomir urishining sekinlashuviga deyiladi.
Nafas olish - dam tashqi muhitdan kislorodga boy havoni o`pkasiga qabul qilib, karbonat angidrid gazi bilan to`yingan havoni o`pkasidan chiqarib turishi.