Qayd raqami


Rinit. Faringit. Laringit



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə14/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

2.Rinit. Faringit. Laringit
Rinit – (tumovlash) burun bo‘shlig‘i shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Sababi. Sovuq havoning ta‘siri, mikrob va viruslarning, ayniqsa, gripp virusi yuqishi.
Belgilari. Burundan suv kelishi, aksirish, burunning bitishi tufayli nafas olishning qiyinlashuvi.
Tibbiy yordam. Sovuq kunlari burunni yumshoq mato bilan issiq o‘rash, protorgol -1-2%, yoki nazivin burunga 2-3 tomchidan kuniga 3 mahal tomizish. Bu dorilar bo‘lmaganda piyoz yoki sarimsoq suviga baravar miqdorda qaynagan iliq suv qo‘shib burunga tomizish, yotish oldidan sodali ingalyatsiya, oyoqqa issiq gorchitsali vanna kabilar. Grippda-interferon 2-3 tomchi burunga kuniga 2-3 mahal (flakonda poroshok (kukun) shaklda bo‘ladi - 2 ml qaynagan iliq suv qo‘shib eritiladi) tomiziladi.
Faringittomoq (halqum) shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Sababi. Shamollash, sovuq taomlar va ichimliklar iste’mol qilish, gripp virusi kabilar.
Belgilari. Yutinganda tomoqda og‘riq.
Tibbiy yordam.1.Tomoqni ichimlik sodasining 1-2 % eritmasi bilan chayish;
2.Furatsilinning 1:1000 eritmasi bilan chayish;
3.Lyugol eritmasi tayyorlab tomoqni artish. (Lyugol eritmasi tayyorlash uchun 5 ml spirtga 5 tomchi yod qo‘shiladi).
4.Bo‘yin oldi sohasiga isituvchi kompress qo‘yish.
5.Bemorning harorati ko‘tarilsa aspirin, panadol, paratsetamol tabletkalaridan birontasi qabul qilinadi, yoki analgin, demidrol, novokain uchalasini bitta spritsga olib dumbani 4 qismga bo`lib yuqori tashqi tomoniga muskul orasiga yuboriladi. Shuningdek, bemor badaniga spirt (aroq) surtiladi.
6.Bemor ichimlik va taomlarni issiq holda qabul qilishi lozim.
Laringit – hiqildoq shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Sababi. Shamollash, gripp virusi, baqirib gapirish, sovuq taomlar va ichimliklar iste’mol qilish.
Belgilari. Ovozning xirillashi, qattiq do‘rillab yo‘talish, kasallik og‘ir kechganda ovozning butunlay chiqmay qolishi, nafas olishning qiyinlashuvi. Bu kasallik ayniqsa xonandalar, shuningdek, o`qituvchilar uchun xavfli hisoblanadi. Chunki o`z vaqtida davolanmasa, ovozning xirillashi doimiy bo`lib qoladi.
Tibbiy yordam. 1.Issiq sodali ingalyatsiya.
2.Oyoqlarga issiq gorchitsali vanna – kechki uyqu oldidan.
3.Bo‘yinning oldingi sohasiga isituvchi kompress.
4.Tana harorati ko‘tarilganda badaniga iliq spirt (aroq) surtish, aspirin, panadol, paratsetamol 1 tabletka ichishga.
5.Harorat 39 daraja va undan oshganda analgin 1-2 ml, demidrol 1ml, novokain 0,5 %-2 ml bitta shpritsga olinib muskul orasiga yuborish (bolalarga buning uchdan biri yoki yarmi).
6.Katta choynakdagi qaynoq suvga 1 osh qoshiq ichimlik sodasi solib, bemor og`zi va burnini choynak og`ziga yaqin tutib eritma bug`idan nafas olib, nafas chiqariladi (ingalatsiya).
7.Antibiotiklar: ampitsillin, oksatsillin, ampioks kattalarga 2 tabletkadan ichishga yoki 0,5-1 gr, kuniga 3-4 mahal muskul orasiga, gentamitsin 80 mg kuniga 2 mahal (bolalarga buning uchdan biri yoki yarmi), yoki sefazolin kattalarga 1 gr 2 mahal muskul orasiga (bolalarga yarmi).
8.Sulfanilamidlar (sulfadimetoksin, sulfamonometoksin) bittasi kuniga 2 mahal 1-2 tabletkadan ichiriladi.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin