Mavzu bo’yicha savollar: Biriktiruvchi to‘qimaning yallig‘lanishi natijasida yurak - tomir, tayanch - harakat (bo‘g‘imlar), nerv tizimlarining yallig‘lanishi (zararlanishi) bilan kechadigan infeksion-allergik kasallikdir qanday nomlanadi?
Bo`g`imlarning revmatizm bilan zararlanib, og‘rishi, shishib, ularni bukish va yozish qiyinlashishi va og‘riq va shish bir bo‘g‘imdan boshqasiga ko‘chib turishi bilan kechadigan infeksion-allergik kasallik qanday nomlanadi?
Revmatizmda birinchi navbatda qaysi a’zoda kasallik yuzaga keladi?
Revmatizmning vujudga kelishiga qaysi kasalliklar sabab bo‘ladi?
Yurakning ichki (endokard) qavati yallig`lanishi bilan kechadigan kasallik qanday nomlanadi?
Yurak sohasida kuchsiz gijimlovchi og‘riq, harakat qilganda yurak urishining tezlashuvi, bemor rangining oqarishi, tez charchash kuzatiladigan kasallik qanday nomlanadi?
O‘z vaqtida me’yoriga yetkazib davolanmasligi tufayli ko`p hollarda endokarditning asorati sifatida qanday kasallik vujudga keladi?
Qaysi kasallik ko`pincha sezilmagan holda kechib, yoshi ulg‘ayganda surunkali yurak-tomir yetishmovchiligiga sababchi bo’ladi?
Yurakning o`rta (muskul) qavatini yallig`lanishi bilan kechadigan kasallik qanday nomlanadi?
Yurak sohasida kuchsiz og`riq, harakat qilganda yurak o`ynashi, tez charchash, tomir urishining tezlashuvi qaysi kasallikda kuzatiladi?
Yurakning ustki qavatining yallig`lanishi bilan kechadigan kasallik qanday nomlanadi?
Quruq va ekssudatli perikarditda qanday belgilar bo’ladi?
Bosh miyaning po‘stloq osti sohasida joylashgan chipor tana deb ataluvchi nerv to‘qimasi (markazi) ning revmatizm bilan yallig`lanishi qanday nomlanadi?
Bola ixtiyorsiz ravishda qo‘llarini silkitishi tufayli uning husnixati buzilishi qaysi kasallik tufayli yuzaga keladi?
Bola ixtiyorsiz ravishda ko‘zlarini yumib ochishi, labini burishi, tilini chiqarishi qaysi kasallikning belgisi hisoblanadi?
Koronar arteriya qon tomirlarining torayishi tufayli miokardning qon bilan ta’minlanishi buzilishi natijasida vujudga keladigan kasallik qanday nomlanadi?
Yurak ishemik kasalligi qanday sabablar va belgilar bo’ladi?
Yurak ishemik kasalligining belgilari oylar-yillar davomida asta-sekinlik bilan kuchayib boradi va davolash tadbirlari o‘tkazilmasa qanday kasalliklarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi?
Yurak sohasida vaqt-vaqti bilan to‘satdan paydo bo‘ladigan sanchuvchi, g‘ijimlovchi og‘riq xurujlari bilan kechadigan kasallik qanday nomlanadi?
Yurakning ishemik kasalligi xurujining tez-tez takrorlanishiga nima sabab bo`ladi?
Stenokardiya kasalligida qanday belgilar bo’ladi?
Miokard infarkti kasalligi qanday sabablar va belgilar bo’ladi?
Ayrim bemorlarda miokard infarkti kasalligining belgilari qay tarzda namoyon bo’ladi?