OVQAT HAZM QILISH VA siydik- tanosil tizimi kasalliklari. Reja: Stomatit. Angina.
O’tkir gastrit. Me`da va o`n ikki barmoq ichakning yara kasalligi. Me`da - ichakdan qon ketishi.
O’tkir enterit. O’tkir kolit.
Jigar va o`t yo`llari, oshqozon osti bezi kasalliklari. Appenditsit. Invaginatsiya.
Nefrit. Piyelonefrit.Sistit.
Uretrit.Siydik tosh kasalligi.Uremiya.Prostatit. Endometrit.
Tayanch iboralar: Stomatit – og‘iz shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Angina.Tanglay-tomoq sohasida joylashgan bodomsimon limfa bezlarining yallig‘lanish kasalligi.
ml, dimedrol-1ml, novokain- 0,5 % -1-2 ml bitta shpritsda muskul orasiga.
O’tkir gastrit - me`da shilliq qavatining o‘tkir yallig‘lanishi.
Me`da va o`n ikki barmoq ichakning yara kasalligi. Me`da va o`n ikki barmoq ichakning shilliq qavatida yara paydo bo‘lishi bilan kechadigan kasallikdir.
Me`da - ichakdan qon ketishi.Me`da va o`n ikki barmoq ichak yara kasalligi xuruj qilganda, suyak yoki boshqa o‘tkir buyum yutib yuborilganda, qorin tifi va ichburug` kasalligida, me`da-ichaklarning o‘sma kasalliklarida me`da-ichakdan qon ketishi mumkin.
O’tkir enterit – ingichka ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi.
O’tkir kolit – yo‘g‘on ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi.
Xoletsistit – o‘t pufagining yallig‘lanishi.
Xolangit - jigar orasida joylashgan o‘t yo‘llari yallig‘lanishi.
Xolangogepatit- o‘t yo‘llari va jigar to‘qimasi birgalikda yallig‘lanadi.
Pankreatit – me`da osti bezining yallig‘lanish kasalligi.
O`tkir appenditsit – ko`richakning chuvalchangsimon o`simtasini yallig`lanishi tufayli vujudga keladigan o`tkir jarrohlik kasallikdir.