Qayd raqami


Ichak tugilishi (invaginatsiya)



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə24/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Ichak tugilishi (invaginatsiya) – bir yoshgacha bo`lgan bolalarda ko`proq, kattalarda nisbatan kam uchraydigan, ichakning bir qismi, ikkinchi qismini ichiga kirib qolishi va ichak bo`shlig`ining to`silib qolishi tufayli vujudga keladigan o`tkir jarrohlik kasallikdir.
Nefrit. Buyrak to‘qimasining yallig‘lanish kasalligi.
Piyelonefrit. Buyrak to‘qimasi va buyrak jomining birgalikda yallig‘lanish kasalligi.
Sistit. Siydik pufagi ichki shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Uretrit. Pastki siydik chiqarish kanali (uretra) ning ichki shilliq pardasini yallig‘lanishi.
Siydik tosh kasalligi. Buyrak jomi va siydik pufagida tuzlar cho‘kib tosh hosil qiladi.
Siydik pufagida tosh bo`lsa, u joyidan siljiganda qovuq sohasida og`riq paydo bo`ladi. Og`riq pastki siydik chiqarish kanali (uretra) bo`ylab pastga tarqaladi.
Uremiya. Nefrit, piyelonefrit, buyrak sanchig`ining og`ir kechishida buyrak yetishmovchiligi yuzaga keladi. Siydik ajralishi kamayadi yoki butunlay to`xtab qoladi. Natijada qonda qoldiq azot moddalari ko‘payib, organizmni zaharlaydi va hayot uchun xavfli bo`lgan uremiya holati yuzaga keladi.
Prostatit. Erkaklarda prostata bezining yallig‘lanish kasalligi.
Endometrit. Ayollarda bachadon ichki shilliq qavatining yallig‘lanish kasalligi.
Stomatitog‘iz shilliq pardasining yallig‘lanishi.
Sababi. Surunkali kasalliklar tufayli organizmning zaiflashuvi, uzoq vaqt davomida ovqat tarkibida A, C, PP, B2 va boshqa vitaminlarining yetishmasligi.
Belgilari. Stomatit 4 turda uchrashi mumkin: kataral, aftoz, yarali, gangrenoz.
- kataral stomatitda og‘iz shilliq pardasi qizaradi, achishadi, og‘riydi, so`lak oqadi;
- aftoz stomatitda og‘iz shilliq pardasida moshdek, no‘xatdek pufakchalar paydo bo‘ladi, ularning atrofi qizaradi, og‘riydi, so‘lak oqadi;
- yarali stomatitda og‘iz shilliq pardasida moshdek, no‘xatdek yaralar paydo bo‘ladi (aftoz stomatit pufakchalarini yorilishi ham yarali stomatitni yuzaga keltiradi), og‘riydi, ba‘zida tana harorati ko‘tariladi, jag‘ osti limfa tugunlari no‘xatdek, loviyadek hajmda kattalashadi, paypaslaganda og`riydi;
- gangrenoz stomatit yarali stomatitni o‘z vaqtida davolamaslik tufayli yuzaga keladi. Bunda og`iz shilliq pardasining yaralangan to‘qimasi nekrozga uchraydi, o‘yiladi. Og‘riq kuchli bo‘ladi, tana harorati ko‘tariladi, og‘izdan ko‘p so‘lak oqadi, jag‘ osti bezlari kattalashadi, og‘riydi, ovqatni chaynash qiyinlashadi.
Tibbiy yordam.
1.Ovqat suyuq, yumshoq, vitaminlarga boy bo‘lishi kerak. Meva-sabzavot suvlari ichiriladi.
2.Bir tabletka furatsillin yoki bir choy qoshiq osh soda bir stakan qaynagan iliq suvga eritilib, og‘iz chayqaladi. Yosh bolada bintni namlab og‘iz shilliq pardasidagi pufakchalar va yaralar artiladi.
3.Yuqoridagi tadbirdan keyin oksalin, flutsinar, florenal mazlaridan birontasi surtiladi.
4.Og‘riqqa qarshi analgin, baralgin, panadol tabletkalaridan bittasi ichishga beriladi. Novokain – 2% yoki anestezin emulsiya – 5% surtiladi.
5.Tana harorati ko‘tarilganda:
a) analgin-1-2 ml, dimedrol-1 ml, novokain-2 ml (bolalarga Ѕ-1/3 qismi) bitta shpritsga olib muskul orasiga. Badanga spirt (aroq) surtiladi.
b) antibiotiklardan ampitsillin, ampioks, sulfazolin muskul orasiga.
6.Yaralarning bitish davrida og‘iz shilliq pardasiga vitamin - “A”, na`matak (shipovnik) moyi, aloe moyi (bittasi) surtiladi, 2 marta, ovqatdan keyin.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin