Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə27/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

O’tkir enteritingichka ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi.
Sababi. Mikroblar bilan zararlangan, buzilgan, aynigan ovqatlarni iste’mol qilish.
Belgilari. Qorinning kindik atrofi sohasida g‘ijimlovchi og‘riq, g`uldurash, ich ketishi - najas suyuq, ozroq shilimshiq aralash, badbo‘y hidli, ko‘pikli.
Tibbiy yordam.
1. Bemor to‘shakka yotqiziladi.
2. Suyuq, oson hazm bo‘ladigan taomlar, 2 kunlik suyuq qatiq yoki kefir.
3. Mikroblarga qarshi:
- levomitsetin-0,5-4 marta, furazolidon-0,1-4 marta (Dorilar bolalarga kattalarning Ѕ-1/3 qismi);
- kasallik og‘ir kechganda levomitsetin suksinat muskul orasiga;
- glyukoza- 5 %- 100-150 ml, reopoliglyukin-100-150 ml tomchi usulida vena tomiriga. Shuningdek, disol, trisol eritmalari 100 ml tomchi usulida vena tomiriga;
- digestal, mezim, omez, panzinorm (bittasi) ovqatdan keyin, 1 tab.
- qorinda og‘riq bo‘lsa: no-shpa, platifillin tabletkalari (bittasi).
O’tkir kolityo‘g‘on ichak shilliq qavatining yallig‘lanishi.
Sababi. Mikroblar bilan zararlangan, buzilgan taomlarni iste’mol qilish.
Belgilari. Qorinning yo‘g‘on ichak yo‘nalishi bo‘ylab ya’ni, kindikdan o‘ng, yuqori va chap sohalarida g‘ijimlovchi va sanchuvchi kuchsiz og‘riq, tez-tez hojatga borish, najasning shilimshiq aralash bo‘lishi.
Tibbiy yordam. Enteritni davolashga o‘xshash.
Jigar va o`t yo`llari, oshqozon osti bezi kasalliklari. Appenditsit. Invaginatsiya.
Xoletsistito‘t pufagining yallig‘lanishi.
Sababi. Angina, surunkali tonzillit, ich terlama, gepatit va boshqa kasalliklarning asorati sifatida hamda lyamblyalarni yuqishi tufayli yuzaga keladi.
Belgilari. O‘ng qovurg‘a osti sohasida og‘riq bo‘lib, u o‘ng yelka va o‘ng kurak sohasiga tarqalishi mumkin, ko‘ngil aynishi, ba‘zida qusish kuzatiladi.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin