Qayd raqami


Me`da va o`n ikki barmoq ichakning yara kasalligi



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə26/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

Me`da va o`n ikki barmoq ichakning yara kasalligi. Me`da va o`n ikki barmoq ichakning shilliq qavatida yara paydo bo‘lishi bilan kechadigan kasallikdir.
Sababi. Keyingi yillarda bu kasallikni yuzaga keltiradigan maxsus mikrob Helekobakter pilori (“HP”) ekanligi aniqlangan. Bundan tashqari ovqatlanish tartibini uzoq muddat davomida buzish, spirtli ichimliklar, chekish kabilar ham kasallikni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Belgilari. Kasallik surunkali kechadi. Vaqti-vaqti bilan xuruj qiladi.
Kasallik xuruj qilmagan paytda bemorning ishtahasi yaxshi bo‘ladi, lekin zarda qiladi, chunki me`da bezlarida xlorid kislotasi ishlab chiqarish ko‘payadi. Shuningdek, qovurilgan go‘sht, baliq, tuxum, tandir go‘shti, palov kabi taomlarni iste’mol qilganda kechasi qorin sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, zarda qilish, ba‘zida qusush kuzatiladi.
Kasallik xuruj qilganida qorinning yuqori sohasida kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, zarda qilish kuchayadi. Me`da yarasida taom iste’mol qilgandan keyin 2-3 soat o‘tgach, o`n ikki barmoq ichak yarasida esa 4-6 soat o`tgach og‘riq kuchayadi. Ba`zida yaradan qon ketishi mumkin. Bunda bemor qon aralash qusadi, axlati qoramtir tusda bo‘ladi.
Tibbiy yordam.
1.Ovqatlanish tartibiga rioya qilish, ya’ni har 3-4 soatda ovqat iste’mol qilish.
2.Oson hazm bo‘ladigan taomlar (mastava, yog`siz sho`vla, shirguruch, manniy krupa bo‘tqasi, dimlangan kotlet kabilar), qirilgan sabzi, maydalangan karam, dimlangan kodi, sholg‘om, meva suvlari.
3.Zardaga qarshi va ovqatning yaxshi hazm bo‘lishi uchun omes, mezim, panzinorm ovqatdan keyin qabul qilinadi.
4.Og‘riqqa qarshi dorilar: no-shpa, platifillin, serukal tabletkalari.
Me`da - ichakdan qon ketishi.
Sababi. Me`da va o`n ikki barmoq ichak yara kasalligi xuruj qilganda, suyak yoki boshqa o‘tkir buyum yutib yuborilganda, qorin tifi va ichburug` kasalligida, me`da-ichaklarning o‘sma kasalliklarida me`da-ichakdan qon ketishi mumkin.
Belgilari. 1.Me`da yarasidan qon ketganda bemor qon aralash qusadi.
2.O`n ikki barmoq ichak, ingichka va yo‘g‘on ichaklardan qon ketganda bemorning najasida qon bo‘lganligi sababli najas qora rangda bo`ladi.
Tibbiy yordam.
Tez yordam chaqiriladi. Tez yordam kelgunicha quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
1. Bemorning boshi baland qilib yotqiziladi.
2. Ovqat va ichimlik berilmaydi.
3. Qoringa muzli xaltacha qo‘yiladi.
4. Dorilardan: kalsiy glyukonat – 10 %-5 ml + novokain – 2 ml venaga yoki muskul orasiga;
- vikasol 1 tab. 2 marta, yoki ditsinon – 1 tab. 2 marta;
- vikasol -1 % -0,5-1 ml muskul orasiga;
- atropin 0,1 % -0,5-1 ml teri ostiga.
5. Shifoxona sharoitida quyidagi davolash tadbirlari qo‘llanishi mumkin:
- aminokapron kislota flakonda 100 ml vena tomiriga tomchi usulida;
- poliglyukin - 300-500 ml, glyukoza - 5-10 %-300-500 ml, natriy xlorid - 0,9 % - 100-200 ml vena tomiriga tomchilab.

Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin