Qayd raqami


Dori moddalarning shakllari



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə2/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

2. Dori moddalarning shakllari.
Dori moddalarining quyidagi shakllari bo‘ladi:
1.Qattiq dori shakli: kukun, tabletka, draje, kapsula, granula.
2.Suyuq dori shakli: damlama, qaynatma, ekstrakt, nastoyka, emulsiya, suspenziya, ampula va flakonlarda chiqadigan suyuq dorilar.
3.Yumshoq dori shakli: malham, shamcha, pasta, liniment.
Dori moddalarning odam organizmiga ta’siri. Dori moddalari odam organizmga quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi:
1.Mahalliy ta’siri - organizm to‘qima yoki a’zosining dori qo‘llangan joyiga ta’sir ko‘rsatadi.
2.Rezorbtiv ta’siri - dori qon orqali so‘rilib organizmga umumiy ta’sir ko‘rsatadi.
3.Reflektor ta’siri - qo‘llangan dori retseptorlarni qo‘zg‘atishi orqali ta’sir ko‘rsatadi.
4.Nojo‘ya ta’sir - qo‘llangan dori organizmga foydali ta’siri bilan birga ayrim to‘qima va a’zolarga nojo‘ya (zararli) ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
5.Etiotrop ta’siri -qo‘llangan dori kasallikni yuzaga keltirgan sababchisiga, ya’ni mikrob, virus, zamburuq va hokazo qo‘zg‘atuvchilarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
6.Simptomatik ta’siri -qo‘llangan dori kasallikning asosiy belgisini bartaraf etishga ta’sir ko‘rsatadi Masalan, tana haroratini tushirish, tirishishni yo‘qotish, ich ketishini to‘xtatish, yurak faoliyatini yaxshilash va hokazo.


3. Dori moddalarini odam organizmiga yuborish yo‘llari.
Dorilar odam organizmiga ikki xil yo‘l bilan yuboriladi.
1.Enteral yo‘l. Dorini til ostiga qo`yish, og‘iz orqali ichish, zond orqali oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakka yuborish, to‘g‘ri ichakka klizma orqali yuborish.
2.Parenteral yo‘l. Dorini nafas orqali (hidlash, ingalyatsiya), teriga surtish, shilliq qavatlarga surtish va tomizish (burunga, tomoqqa, ko‘zga, quloqqa va hokazo), bo‘shliqlar (bo‘g‘imlar bo‘shlig‘i, gaymor bo‘shlig‘i, plevra bo‘shlig‘i, qorin bo‘shlig‘i) ga, teri orasiga, teri ostiga, muskul orasiga, vena tomiriga, orqa miya kanaliga yuborish.


4. Dorilarning zaharliligi darajasi bo‘yicha bo‘linishi.
Dori moddalari odam organizmiga nisbatan zaharlilik darajasi bo‘yicha 2 guruhga bo‘linadi.
“A” guruhga zaharli dori moddalari kiradi. Bu dorilar dorixonaning “A” shkafida yoki seyfda qulflangan holda saqlanadi. Ular muhrlangan retsept orqali beriladi. Retseptda davolovchi shifokorning va bosh shifokorning imzolari bo‘lishi shart.
“B”guruhga kuchli ta’sir etuvchi dorilar kiradi. Ular dorixonaning “B” shkafida qulflangan holda saqlanadi. Davolovchi shifokorning imzosi va muhr qo‘yilgan retsept orqali beriladi.
Dorilarni saqlash qoidalari. Dorixonada yog‘ochdan maxsus yasalgan yashiklar va shkaflar bo‘lib, ularning har birida alohida turdagi dorilar saqlanadi. Dorilar saqlanadigan xonaning havo harorati doimo bir xilda, 16-18єC bo‘lishi kerak. Havo namligi 40-60 foizdan oshmasligi lozim.Quyosh nuri tushmasligi kerak. Dorixonada sanitariya-gigiyena qoidalari va talablari bajarilishi shart.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin