Qayd raqami


Tana haroratini, arterial qon bosimini o'lchash



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə7/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

2.Tana haroratini, arterial qon bosimini o'lchash.
1.Termometr butunligi tekshirilib, ishlatishdan avval silkitilib, simob ustuni 35° gacha va undan pastga tushuriladi.
2. Tananing termometr qo'yiladigan sohasi va termometr quruq paxta (bint) bilan artiladi.
3.Termometrning simobli (ingichka) tomoni qo'ltiq (chov) sohasiga qo'yiladi, (kam hollarda to'g'ri ichakka).
4.Tana harorati 7-10 minut davomida o`lchanadi.
5.Termometr olingach, uning simobini yuqori uchi turgan raqam bemor varaqasiga yoziladi.
Arterial qon bosimini o'lchash.
Arterial qon bosim simobli Riva-Rochchi asbobi, yoki prujinali tonometr va fonendoskop yordamida o'lchanadi. Qon bosimi qonning tomirlar devoriga ko'rsatgan bosim kuchidan yuzaga keladi. Normada maksimal arterial bosim 110-130 mm, minimal arterial bosim 70-80 mm, simob ustuniga teng. Odamda arterial qon bosimining normaga nisbatan ortishi gipertoniya, pasayishi esa gipotoniya deyiladi.
Arterial qon bosimini o'lchash usuli. 1.Bemor tinch va qulay holatda o'tiradi yoki yotadi.
2.Tonometrning rezinali manjeti o`ng yoki chap qo`lining tirsak bo'g'imidan yuqori sohaga, tekis qilib o'raladi.
3.Rezina ballonchaning ventil «kran»i yopiladi, so`ngra ballonchani qisish orqali manjet ichiga havo yuboriladi, monometr strelkasi 200 mm simob ustunigacha yetkaziladi (bemor gipertoniya bilan kasallangan bo`lsa, strelka 250-280 mm gacha yetkazilishi mumkin).
4.Tekshiruvchi fonendoskopning bir tomonini qulog'iga, ikkinchi tomonini bemor tirsak bo'g'imining (ichki) chuqurchasi (bilak arteriyasi)ga qo'yib, ballonchadagi ventil (kran)ni biroz ochib manjetdagi havoni sekinlik bilan chiqaradi.
5. Tekshiruvchi sfigmomanometr simobi yoki tonometr strelkasining pasayishini juda e`tibor bilan kuzatadi. Havoni chiqarish davom ettiriladi.
6.Fonendoskopda yurak urishining tovushi quloqqa eshitilishi bilanoq, simob ustuniga yoki strelkaga qaraladi. Aniqlangan raqam maksimal arterial bosim deyiladi. U normada 110-130 mm simob ustuniga teng bo'ladi.
7.Havoni chiqarish va yurak urishi tovushini eshitish davom ettiriladi.
8.Yurak urishi tovushi eshitilmay qolishi bilanoq, simob ustuni yoki strelkaga qaraladi va aniqlangan raqam minimal arterial bosim deyiladi. U normada 70-80 mm simob ustuniga teng bo'ladi.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin