Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə10/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

5.Zuluk qo`yish. Klizma. Muzli xaltacha qo‘yish.
Qon va ko`z ichining bosimi oshganda zuluk qo`yiladi. Dorixonadan olingan zuluk sog'lomligi, uning harakatchanligi bilan baholanadi.
Zuluk qo`yish usuli. 1.Zuluk qo'yishdan oldin terining qon tomirlari yuzaki joylashgan joylari (chakka, bo'yin, boldirning ichki yuzasi, ko'krak qafasining yuqori sohasi) iliq suvda namlangan toza sochiq bilan artiladi.
2. So`ngra zuluk yaxshi yopishishi uchun, teri shirin suv bilan namlanadi.
3. Zuluk qisqich bilan olinadi va teriga qo'yiladi.
4.Zuluk yopishganiga ishonch hosil qilingach, kuzatiladi. Vaqt yetgach, uning o'zi tushmasa, namakobli suv bilan teri namlanadi.
5.Zuluk tushgandan so'ng, jarohatni infeksiyadan himoyalash uchun ustiga toza salfetka yopib, leykoplastr yopishtiriladi.
6.Zuluk faqat bir marta ishlatilib, so'ngra namakobli suvga solib qo'yiladi. Oradan bir-ikki soat o'tgach kanalizatsiyaga oqizib yuboriladi.
Klizma. Yo'g'on ichakning quyi qismini tozalashdir. Klizmaning tozalovchi, sifonli, dorili, oziqli va boshqa turlari bor.
Tozalovchi klizma. Jarrohlik muolajalari, rentgen tekshiruvidan oldin, shuningdek, qabziyat bo'lganda qo`llanadi.
Qo'yish usuli. 1.Tozalovchi klizma qo`yish uchun bemor tapchanda tizzalari bukilgan va qorniga tortilgan holda, chap tomoni bilan yotadi.
2.Esmarx krujkasiga 1-1,5 litr iliq suv solinib, 1 metr balandlikda bo'lgan shtativga osib qo`yiladi, uning kranini burab ochiladi va havo chiqariladi. So`ngra kran yopiladi.
3.Nay uchiga vazelin surtiladi va chap qo'l bilan bemor dumbalarini kerib, orqa chiqaruv teshigiga nay kiritiladi. Nay uchi (uchlik) avvaliga yuqoriga, so'ngra oldinga 8-10 sm kiritiladi.
4.Kran ochiladi va suv oxirigacha yuboriladi. Nay aylanma harakat bilan chiqarib olinadi.
5.Bemor chalqancha yotishi va chuqur nafas olishi, kamida 10 minutgacha klizma suvini chiqarmasdan, ushlab turishi kerak.
Sifonli klizma. Tozalovchi klizma yordam bermagan hollarda qo'llanadi. Bunda to'g'ri ichak qayta-qayta, toza suv chiqquncha yuviladi.
Sifonli klizma qo`yish usuli. 1.Sifonli klizma qilish uchun tapchanga klyonka to'shalib, bemor tizzalari bukilgan va qoringa tortilgan holda chap tomoni bilan yotadi.
2.Voronkani bemor tanasidan pastroqda qiya qilib ushlab, suyuqlik bilan to'ldiriladi va tanadan yarim metr balandga ko'tariladi, havosi chiqariladi.
3.Nay uchiga vazelin surtiladi va chap qo'l bilan bemor dumbalarini kerib, orqa chiqaruv teshigiga nay kiritiladi.
4.Voronkadagi suyuqlik tugashiga ozgina qolganda, u tanadan yarim metr pastga tushiriladi. Ichakdagi suv voronkaga qaytib chiqadi, u tog'oraga to'kiladi va voronkaga toza suv solib, yana oldingi tadbir takrorlanadi.
5.Ichakni yuvish, to ichakdan toza suv qaytib tushguncha, bir necha marta takrorlanadi.
Dorili klizma. Klizmaning bu turi davolash maqsadida qo'llaniladi.
Qo'yish usuli. 1.Dorili klizma qilish uchun avval tozalovchi klizma qilinadi. Suv qaytib chiqadi.
2.So`ngra sterillangan katetr bemor to'g'ri ichagiga 8-10 sm kiritiladi.Rezina balloncha (yoki shprits) yordamida 50-100 ml dori eritmasi yuboriladi.
Muzli xaltacha qo‘yish. Muzli xaltacha qon oqayotganda, shikastlanishning boshlang‘ich davrida, to`qima orasiga qon quyilishini oldini olish uchun, tana harorati yuqori bo‘lganda qo‘llanadi. Muz bo‘lmasa xaltachaga sovuq suv solinadi.
Muzli xaltachani qo‘yish usuli. 1.Muz mayda bo‘lakchalarga bo‘linib, xaltachaning yarmigacha solinadi.
2. Xaltachaning qopqog‘i berkitiladi.
3. Xaltacha sochiq yoki ro‘molga o‘rab kerakli sohaga qo‘yiladi.
Og`ir holatdagi bemorning uzoq vaqt qimirlamasdan yotishi tufayli, badan terisida paydo bo'ladigan yaraga yotoq yara deyiladi. Buning oldini olish uchun:
1.Bemor terisini parvarish qilish.
2. Har kuni bemorni o'ng va chap tomoniga ag'darib turish.
3. Bemor ostiga to`shalgan ko`rpa, prostinni har kuni qoqib, buyumlarini tekislash.
4. Bemorning bel-dumg'aza sohasiga rezina chambar qo'yish.Shu sohalar terisiga har kuni vazelin, spirt surtish.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin