Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə21/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

5.Stenokardiya -yurak sohasida vaqt-vaqti bilan to‘satdan paydo bo‘ladigan sanchuvchi, g‘ijimlovchi og‘riq xurujlari bilan kechadigan kasallik.
Sababi. Yurakning ishemik kasalligini o‘z vaqtida davolamaslik, o‘ta hayajonlanish, qayg‘urish, ruhiy va jismoniy zo‘riqish kabilar xurujning tez-tez takrorlanishiga sabab bo`ladi.
Belgilari. To‘satdan yurak sohasida sanchuvchi, g‘ijimlovchi og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘riq chap qo‘lga, yelkaga, bo‘yinga, kurak sohasiga tarqaladi.
Tibbiy yordam. 1.Og‘riq paydo bo‘lishi bilanoq bemor yotishi, buning iloji bo‘lmasa o‘tirishi kerak.
2.Validol yoki nitroglitserin tabletkasi til ostiga qo‘yiladi. Bular bo‘lmasa valokardin, korvalol 25-30 tomchi 1 qoshiq suvga qo`shib ichiladi (1-2 minut og`izda ushlab turilsa yaxshi bo`ladi).
3.Ruhiy tinchlantirish uchun valeriana 1 tabletka, yoki suyug‘idan 30 tomchi.
4.Arterial qon bosimi 130-80 mm dan oshgan bo‘lsa (gipertoniya): papazol, atenalol, raunatin, adelfan (bittasi)-Ѕ - 1 tab.1-2 mahal ichishga. Shuningdek, Teveten - Ѕ tab (kapsula) ertalab 1 mahal, 10-20 kun.
5.Yurak sohasidagi og‘riq takrorlansa og‘riq qoldiruvchi sifatida: papaverin 2 % -2 ml teri ostiga, analgin-1-2 ml + novokain 0,5 % - 2 ml bilan bitta shpritsda muskul orasiga.
6.Yuqoridagi tadbirlarga qaramasdan og‘riq takrorlanaversa, tez yordam chaqirib bemor kardiologiya shifoxonasiga yuboriladi.


6.Miokard infarkti - yurak muskulini qon bilan ta’minlovchi arteriya tomirlaridan birining torayib, to`silib qolishi tufayli yuzaga keladigan va yurak sohasida kuchli og‘riq bilan kechadigan hayot uchun o`ta xavfli xastalikdir.
Sababi. Yurakning ishemik, stenokardiya kasalliklarini o‘z vaqtida davolamaslik, o‘ta hayajonlanish, qayg‘urish, ruhiy va jismoniy zo‘riqish, spirtli ichimlik iste’mol qilish, ko‘p chekish.
Belgilari. Ko‘krak qafasining chap tomonida (yurak sohasida) to‘satdan kuchli og‘riq paydo bo‘lishi. Og‘riqni chap qo‘l, chap kurak, yelka, bo‘yin sohalariga tarqalishi. Ayrim bemorlarda esa og‘riq qorinning yuqori qismida seziladi. Bemorning rangi oqaradi, lablari ko‘karadi, sovuq ter bosadi, qo‘l-oyoqlari soviydi. Ba`zida hushini yo`qotishi mumkin.
Arterial qon bosimi 80/40 mm simob ustunigacha pasayishi, ba‘zida bundan ham past bo‘lishi mumkin. Auskultatsiyada yurak aritmiyasi, ya’ni yurakning to‘xtab-to‘xtab urishi aniqlanadi. Tomir urushi kuchsizlanadi, aritmik bo`ladi.
Birinchi tibbiy yordam: Bemor boshini balandroq qilib yotqiziladi (uning o`ziga miokard infarktiga shubha qilinayotganini bildirilmagani ma`qul).
Tez yordam chaqirilib kardiologiya shifoxonasiga yuboriladi U kelgunicha quyidagi tartibda birinchi tibbiy yordam ko`rsatilishi mumkin:
1.Yurakdagi og`riqqa qarshi:
a) Nitroglitserin -1-2 tabletka tili ostiga har 20-30 minutda (to og`riq yo`qolgunicha).
b) Og`riq qolmasa analgin 2 ml+novokain - 0,5 % -2-3 ml muskul orasiga. Analgin o`rniga baralgin 2-3 ml novokain bilan muskul orasiga yuborilishi mumkin.
2.Tiotriazolin – 2,5 %-2 ml muskul orasiga, kuniga 1 marta (og`ir holatda 2-3 marta) 10 kun.
3.Arterial qon bosim 90/50 mm dan pasaysa bemorda kardiogen shok holati ro`y berishi mumkin. Shuning uchun:
- Gidrokortizon – 25 mg muskul orasiga;
- Adrenalin-0,5-1 ml teri ostiga, yoki adrenalinning o`rniga Dofamin-0,5 %-5 ml ampuladagi dorini natriy xlorid 0,9 %-125 ml (yoki glyukoza-5 %-100 ml) ga eritib vena tomiriga tomchilab yuboriladi.
4.Tez yordam kelgunicha bemorda yurak yetishmovchiligi yuzaga kelsa, ya`ni tomir urishi 1 minutda 100-120 marta va undan ham tezlashsa:
- Adonizid - tomir urishi 1 minutda 100 dan ko`p bo`lsa 20-30 tomchi har 4-6 soatda (tomir urishi 1 minutda 90-80 tadan kam bo`lsa, bu dori berilmaydi);
- tomir urishi tezligi oshaversa, bemorning lablari ko`karsa, qo`l-oyoqlari soviy boshlasa iloji bo`lsa:
- Digoksin 0,5 ml + natriy xlorid 0,9 %-20 ml sekinlik bilan vena tomiriga yuboriladi (1 marta yuborilgandan keyin tomir urishi minutiga 100 dan tez va kuchsizligicha qolaversa, digoksin 3 soatdan keyin sekinlik bilan takror yuborilishi mumkin). Agar tomir urishi 1 minutda 90-80 tadan kamaysa, bu dori to`xtatiladi.
5. Mildranat 5 ml vena tomiriga yoki muskul orasiga, kuniga 1 mahal № 10.
Izoh: Miokard infarktning o`tkir (xuruj) davri o`tgach, bemorga yurakning ishemik kasalligida ko`rsatilgan dorilardan navbat bilan qo`llash mumkin.



Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin