Qayd raqami



Yüklə 2,39 Mb.
səhifə17/234
tarix13.12.2023
ölçüsü2,39 Mb.
#176427
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   234
O`QUV USLUBIY MAJMUA 2023 2024 Asosiy3

5.Bronxial astmainfeksion-allergik kasallik bo‘lib, vaqt-vaqti bilan avj olib (qo`zg`alib), yillar davomida surunkali kechadi.
Sababi. Odam organizmining qandaydir allergenga, ya’ni allergiyani yuzaga keltiradigan moddaga sezuvchanligining ortishi. Masalan, hayvon junining changi, gul changi, bo‘yoq, kerosin, benzin hidi, shuningdek, ba‘zi hashoratlarning zahariga, dorilarga, taomlarga (tuxum, baliq, ikra, xurmo, apelsin, yong‘oq va hokazo) ga allergik moyillik.
Organizmning allergiyaga moyilligi bilan birgalikda stafilakokk, pnevmokokk kabi mikroblar va viruslar yuqishi natijasida nafas olish a‘zolarining tez-tez yallig‘lanishi (bronxit, pnevmoniya) kasalliklari bronxial astmaning yuzaga kelishiga qulay sharoit tug`diradi. Shuning uchun ham u infeksion-allergik kasallik deb nomlangan.
Belgilari. Kasallik surunkali davom etib, vaqt-vaqti bilan xuruj qiladi. Xuruj ko‘pincha kechasi paydo bo‘ladi, birdaniga bemorning nafasi qisadi, nafas chiqarishi qiyinlashadi, u hushtak chalgandek xirillab, qiynalib nafas chiqaradi. Nafas chiqarishini osonlashtirish uchun


Mavzu bo’yicha savollar:



  1. Odam organizmining biologik, jismoniy, ruhiy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligi nima deb ataladi?

  2. Kasallikni yuzaga keltiruvchi sabablarga nimalarni misol qilish mumkin?

  3. Nafas olish a‘zolari kasalliklarida qanday belgilar bo’ladi?

  4. Yurak-tomir kasalliklarida qanday belgilar bo’ladi?

  5. Buyrak va siydik ayirish a‘zolari kasalliklarida qanday belgilar bo’ladi?

  6. Jigar va o‘t yo‘li kasalliklarida qanday belgilar bo’ladi?

  7. Kasallikka o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yib davolash tadbirlarini talab darajasida olib borilmasa nima yuzaga kelishi mumkin?

  8. Bemor o‘z vaqtida davolanmasa nima yuzaga kelishi mumkin?

  9. Gripp kasalligini oyoqda yurib o‘tkazsalar virus va uning toksinlari qanday asoratlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi?

  10. Arterial gipertoniya kasalligini o‘z vaqtida aniqlab, muntazam ravishda davolash tadbirlarini o‘tkazmaslik qanday asoratlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi?

  11. Arterial gipertoniya kasalligiga chalingan bemor sog‘lom turmush tarziga rioya qilmasa (spirtli ichimliklar iste’mol qilish, chekish, jismoniy va ruhiy zo‘riqish kabilar) kasallikning qanday asoratlari vujudga kelishiga sabab bo‘ladi?

  12. Burun bo‘shlig‘i shilliq pardasining yallig‘lanishi qanday nomlanadi?

  13. Tomoq (halqum) shilliq pardasining yallig‘lanishi qanday nomlanadi?

  14. Hiqildoq shilliq pardasining yallig‘lanishi qanday nomlanadi?

  15. Kekirdak shilliq pardasining yallig‘lanishi qanday nomlanadi?

  16. Bronxlar shilliq pardasining yallig‘lanishi qanday nomlanadi?

  17. O‘pka to‘qimasining yallig‘lanishi qanday nomlanadi?

  18. O‘pkalar ustini qoplab turuvchi pardaning yallig‘lanishi qanday nomlanadi?

  19. Burun bo‘shlig‘i shilliq pardasining yallig‘lanishiga nima sabab bo’ladi?

  20. Tomoq (halqum) shilliq pardasining yallig‘lanishiga nima sabab bo’ladi?

  21. Hiqildoq shilliq pardasining yallig‘lanishiga nima sabab bo’ladi?

  22. Kekirdak shilliq pardasining yallig‘lanishiga nima sabab bo’ladi?

  23. Bronxlar shilliq pardasining yallig‘lanishiga nima sabab bo’ladi?

  24. Pnevmoniya kasalligiga nima sabab bo’ladi?

  25. Zotiljam kasalligiga nima sabab bo’ladi?

  26. Nima sababdan plevrit yuzaga kelishi mumkin?

  27. O’pka shishi holatining yuzaga kelishida nimalar sabab bo’ladi?

  28. Rinit kasalligida qanday belgilar bo’ladi?

  29. Faringit kasalligida qanday belgilar bo’ladi?

  30. Laringit kasalligida qanday belgilar bo’ladi?

  31. Traxeit kasalligida qanday belgilar bo’ladi?

  32. Bronxit kasalligida qanday belgilar bo’ladi?

  33. Pnevmoniya kasalligida qanday belgilar bo’ladi?

  34. Zotiljam kasalligida qanday belgilar bo’ladi?

  35. Quruq plevrit kasalligida qanday belgilar bo’ladi?

  36. Ekssudatli plevrit kasalligida qanday belgilar bo’ladi?

  37. Bemorda nafasi qisish, nafas shovqinli, xirillagan va uzoqdan eshitilish, rangi oqarish, qo‘l-oyoqlari sovish, lablari ko‘karish, tez-tez yo‘talish, ko‘pikli balg‘am ajralish, auskultatsiyada o‘pkadan ho‘l xirillash tovushi eshitilishi qaysi kasallikka xos?

  38. Sovuq kunlari burunni yumshoq mato bilan issiq o‘rash, protorgol -1-2%, yoki nazivin burunga 2-3 tomchidan kuniga 3 mahal tomizish qanday kasallikda amalga oshiriladi?

  39. Piyoz yoki sarimsoq suviga baravar miqdorda qaynagan iliq suv qo‘shib burunga tomizish, yotish oldidan sodali ingalyatsiya, oyoqqa issiq gorchitsali vanna kabilar qanday kasallikda amalga oshiriladi?

  40. Tomoqni ichimlik sodasining 1-2 % eritmasi va furatsilinning 1:1000 eritmasi bilan bilan chayish, lyugol eritmasi tayyorlab tomoqni artish, bo‘yin oldi sohasiga isituvchi kompress qo‘yish qanday kasallikda amalga oshiriladi?

  41. Ko‘krak devori va o‘pkaning jarohatlanishi tufayli yuzaga keladigan o`ta og‘ir holat qaysi kasallikka xos?

  42. O‘pka silining kaverna (yemirilish) hosil qilgan turi, o‘pka raki, o‘pka abssessi va gangrenasi, bronxoektaziya kabi o‘pkaning og`ir kasalliklarining asorati tufayli yuzaga keladigan o`ta og‘ir holat qaysi kasallikka xos?

  43. Bemorning nafas olishi qiyinlashadi, tez-tez yo‘taladi va qon aralash ko‘pikli balg‘am tupuradi, ba‘zida og‘iz-burnidan qon oqadigan o`ta og‘ir holat qaysi kasallikka xos?

  44. Vaqt-vaqti bilan avj olib (qo`zg`alib), yillar davomida surunkali kechadigan infeksion-allergik kasallik qaysi javobda berilgan?

  45. Odam organizmining qandaydir moddaga sezuvchanligi ortib bemorning nafasi qisishi, nafas chiqarishi qiyinlashishi, hushtak chalgandek xirillab, qiynalib nafas chiqarishi bilan kechadigan kasallik qanday nomlanadi?




Yüklə 2,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin